1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish
Download 5.9 Mb.
|
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prezentatsiya
- Gipermedia kitoblar
Multimediali kitoblar- bitta axborot tashuvchi vositaga jamlangan (masalan, CD-ROM diskiga) matnli, ovozli, statik-dinamik
va video tasvirli maʼlumotlardan tashkil topgan oʻquv kitobi, dasturiy vosita. Flash- bu Web-designerning ijodkorlik quroli boʻlib, u shunday dasturki, uning yordamida turli prezentatsiyalar, kichik oʻyinlar, multimediali web sahifalar, dinamik saytlar va boshqa istalgan multimediali mahsulotlar tayyorlash mumkin. Flash yordamida yasalgan mahsulotlarning hajmi kichik boʻladi, shuning uchun ham unda tayyorlangan fayllarni web sahifalarga joylash yoki internet boʻylab joʻnatish juda qulay. Flashda, asosan, quyidagilar tayyorlanadi: multiplikatsion rolik va multfilmlar; videoroliklar; oʻyinlar; prezentatsiyalar. Microsoft Power Point dasturi Windows qobigʻi ostida yaratilgan boʻlib, ushbu dastur prezentatsiyalar (taqdimot qilish, yaʼni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay boʻlgan dasturiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu dastur orqali barcha koʻrgazmali qurollarni yaratish va baʼzi joylarda esa maʼlumotlar bazasi sifatida ham qoʻllash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturlarni multimedia vositalaridan boshqarish va qoʻllab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturda ishlash uchun biz yangi boʻlgan asosiy tushunchalar bilan tanishaylik. Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar toʻplami boʻlib, ularni ekranda koʻrsatish, tarqatiladigan material, maʼruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi. Slayd - prezentatsiyaning alohida kadri boʻlib, matnni, sarlavhalarni grafik va diagrammalarni oʻz ichiga oladi. Power Point vositalari bilan barpo etilgan slaydlarni oq-qora rangli printerda chop etish yoki maxsus imkoniyatlari yordamida 35 millimetrli slaydlarni fotoplyonkalarda tayyorlash mumkin. Gipermedia kitoblar -multimedia kitoblarining takomillashgan shakli boʻlib, bunda foydalanuvchi asosiy matndan tashqari turli qoʻshimcha manbalarga ham murojaat qilishi mumkin boʻlgan darslik. Qolaversa, oʻquvchilar oʻquv jarayonida elektron pochtadan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishlari kerak. Download 5.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling