3-rasm 4 - rasm
Tuxum po’stidan mozaika tayyorlash texnologiyasi.(6-rasm) 1.Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib
quritilgan tuxum po’sti mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari bilan kerakli ranglarga bo’yaladi.
Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga ko’ra mayda va yirik bo’laklarga bo’linadi.
Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri- bugrilari bo’lmasligi kerak.
Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.
Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po’sti terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
Ortiqcha yelim toza latta bilan artib tozalanadi, po’st yaxshiroq yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo’yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar ancha murakkablashadi.
5-rasm 6-rasm
Yog’ochga qo’l asboblari bilan ishlov berganda xavfsizlik texnikasining ma’lum qoidalarga rioya qilinishini talab qiladi. Asboblar va moslamalarni ishlatish qoidalarini bilish uni ishlatayotgan har bir kishi unun majburiydir.
Ish jarayonidagi xavfsizlikning qat’iy qoidalari:
Ishni hech qachon o’qituvchining ruxsatisiz boshlama!
Asboblarni faqat o’z o’rnida ishlat!
Yaroqsiz asbob bilan ishlama!
Ishni chet ishlarga chalg’imay bajar!
Asbob-uskunalarni o’zi uchun belgilangan joyda saqla!
Uzun kiyimda bo’lma, engingni shimar, choklarini yig’!
Materialni qo’lda yo’nma!
Osilib turganda kesma!
Pichoq bilan o’zing, o’rtoring tomonga qarab yo’nma!
Kesilgan, tilingan, shilingan joylarni yuvib, yod surtib, toza bint bilan bog’la.
Do'stlaringiz bilan baham: |