1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish


-sinf o’quvchilariga qog`oz – tez


Download 5.9 Mb.
bet32/47
Sana03.11.2023
Hajmi5.9 Mb.
#1742658
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
Bog'liq
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar

2-sinf o’quvchilariga qog`oz – tez g`ijimlanuvchan material haqida ham bilimlar beriladi. O`qituvchi o`quvchilarga rangli qog`oz (glyantslangan bo`lsa yaxshiroq) olishni (taxminan 100x200 mm o`lchamda), uni ikkiga teng bukish va egilish chizig`i bo`ylab qirqishni o’rgatadi. O`quvchilar qog`ozning qirqilgan yarmini g`ijimlashadi. Keyin esa unga dastlabki ko`rinishni qaytarishga harakat qilib, uni tekislashadi. Buning iloji bo`lmaydi. O`tkazilgan tajriba asosida o`quvchilar xulosa chiqarishadi: g`ijimlangan qog`ozga oldingi ko`rinishni qaytarib bo`lmaydi.
O`qituvchi taklifi bo`yicha bolalar rangli qog`oz tayyorlanmalaridan - g`ijimlangan va tekis – shakli bo`yicha bir xil va tuzilishi oddiy ikkita buyum yasashga harakat qilishadi (masalan,
oddiy buklash bilan hosil bo`luvchi buyumni tayyorlashni tavsiya etish mumkin). Bu narsalarni taqqoslash o`quvchilarni quyidagi xulosaga olib kelishga imkon beradi: g`ijimlangan qog`ozdan to`laqonli, mustahkam va chiroyli narsa tayyorlab bo`lmaydi.
Yuqorida aytilganlar asosida o`quvchilar yana bir xulosani qayd etishlari kerak: qog`ozdan mustahkam va chiroyli narsalarni tayyorlash imkoniga ega bo`lish uchun materialni avaylab asrash kerak. Qog`ozni jildda saqlash kerak, katta varaqlarni rulonga o`ramasdan – ular g`ijimlanadi – jild o`lchamiga mos qirqish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, rulonga o`ralgan qog`ozni belgilash, kesish, yelimlash qiyin, ayniqsa qog`oz qalin bo`lsa.
Keyingi suhbat davomida qog`oz varaqlarining yirtilishida tolalar o`rtasidagi bog`lanish buzilishi, ularning ko`pchiligining tuzilishi, sinishi, bunda uzilish chizig`i bo`ylab po`pakchalar hosil bo`lishi aniqlanadi (4-rasm).


3-rasm. O`simlikdan olinuvchi tolali materiallar:


1 – ip-gazlama paxta; 2 – zig`ir tola va zig`ir tolali ip;
3 – ip-gazlama ip; 4 – ip-gazlamalar; 5 – zig`ir toladan dasturxon

4-rasm. Qog`oz va karton tolali materiallar:


1 – tolalar uzilish chizig`i bo`yicha yaxshi ko`rinadi; 2 – qog`oz va kartonni lupa orqali qaraganda tolalar qo`shilib ketganligini ko`rish mumkin
Bunday tajribani karton bilan takrorlab, o`qituvchi bu holda materialning tolali tuzilishi ko’rsatishini ta‘kidlaydi: kartonda tolalar yirikroq, ya‘ni uzunroq, qalinroq, qo`polroq.
Yuqorida qayd etilgan ko`rsatish va oddiy tajribalar natijasida ikkinchi sinf o`quvchilari keladigan birinchi xulosa shunday: qog`oz va karton toladan iborat, bu material tolali tuzilishga ega.
Ikkinchi xulosani ham o`quvchilar qiynalmay ifodalab beradilar: ba‘zi tur va navli qog`oz tolalari mayin va bir turli (yozuv qog`ozi, rasm qog`ozi) boshqalarida esa ular turli kattalikda va qo`pol, ba‘zan esa to`qroq rangdagi tolalar qo`shilgan bo`ladi (bu, ayniqsa, karton va arzon turdagi qog`oz, masalan, o`rash uchun qog`oz, afisha qog`ozida yaqqol ko`rinadi).
Qog`oz kabi tolali tuzilishga ega materiallar (paxta, tikuvchilik iplari, muline, zig`ir tola, arqon, gugurt qutisi bo`lagi)ning namunasini ko`rib chiqish asosida o`qituvchi o`quvchilarga uchinchi xulosani chiqarishga yordam beradi: bu materiallarning hammasi tolalardan iborat, faqat ulardagi tolalarning sifati turlicha va o`zaro har xil tarzda bog`langan (paxtada ular chirmashgan, iplarda yigirilib yengil yelimlangan, qog`ozda – chirmashgan va yelimlangan va hokazo).



Download 5.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling