1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 5.9 Mb.
bet28/47
Sana03.11.2023
Hajmi5.9 Mb.
#1742658
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Bog'liq
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


  1. Mehnat tarbiyasining mazmunini ayting.

  2. Mehnat ta’limi turlarini ayting va ularni ta’riflang.

  3. Mehnat tarbiyasining o‘quvchilarni kasbga yo‘llashdagi ahamiyatini

ayting.

  1. Mehnat faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan pedagogik talablar

nimadan iborat?

2-MODUL. TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI

6-MAVZU. APPLIKATSIYA VA MOZAIKA BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI





    1. Applikatsiya va mozaika san’ati haqida tushuncha. 2.Applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi. 3.Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to‘g‘ri tashkil

etish talablari.

  1. Applikatsiya va mozaika ishlarining o‘quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati.

  2. Texnika xavsizligi qoidalari.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:


Applikatsiya, mozaika, applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi, applikatsiya va mozaika tarbiyaviy ahamiyat.
Tasvirlash texnikasining turli shakllari mavjud bo’lib ulardan bir
– applikatsiyadir. Applikatsiya - rang-barang qog’oz yoki mato parchalarini biror narsaga yopishtirib yoki tikib naqsh, gul hosil qilish usuli bo’lib, shu usulda hosil qilingan naqsh, gulga aytiladi. Shuningdek, applikatsiya tasvirlash texnikasining turli shakllarini qirqish va ularni fon(suratni orqa planida ko’rinib turadigan qismi) tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
«Applikatsiya» tushunchasi xususiyatlari va uslublariga ko’ra xilma-xil bo’lgan, lekin ishning bajarilish usulining o’xshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish usullarini o’z ichiga oladi. Har bir material applikastiyasi bajarish ish usuliga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi xususiyatlarga ega, masalan, qog’oz, limon, daraxtlar po’stloqlari fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi.
Applikatsiya tayyorlash jarayonida eng sodda va oson hisoblanib unga tabiiy buyumlar bialn ishlov berish mumkin. Asosiy material qog’oz bo’lishiga qaramay, dazmollangan va kraxmallangan gazlama bo’lakchalaridan ham foydalanish mumkin. Bu material bilan bir qatorda quritilgan o’simliklar urug’i- danak, barglardan ham keng foydalaniladi. Qog’ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushurilgan-barxat, kumush va bronza, rasm solish va chizmachilik kabi bir qator qog’oz navlari applikatsiya uchun foydalansa applikatsiya ishini sifatli qiladi. Applikatsiya ustida ishlash jarayoni ma’lum izchillikda olib boriladi. Avval eskiz chizilib, so’ngra kerakli detallar o’lchami va miqdori aniqlanadi, tayyor detallar ma’lum tartibda joylashtirilib yopishtiriladi.
Hozirgi kunda applikatsiya har bir xalq san’atida juda keng tarqalgandir. Applikatsiya eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda dnyoda birinchi florist rassomlar jamiyati tashkil etiladi.
Dekorativ applikatsiya u naqsh, gullardan tashkil topib, alohida- alohida tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi mumkin. Eng oddiy applikatsiyalar bu-geometrik figuralardan qilingan ornamental applikatsiyalardir.
Applikastiya san’atida kartina, pano, naqshlarni yaratish shuningdek, ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar, ko’rgazmalar va kostyumlarni tayyorlash va bezash maqsadlarida ham keng foydalaniladi.
Applikastiya san’atining manzarali bezash(dekorativ) turi naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlar (barg, shox, qo’ziqorin, qush, mashina, odam, uy va shu kabilar) dan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvhi syujetdan iborat bo’lishi mumkin.Dekorativ applikastiya o’zining naqshinligi, shaklining umumlashganligi, rangi bilan ajralib turuvchi tasvirlardir. Qog’ozdan qilinadigan dekorativ apshshkatsiya keng qo’llaniladi. Applikatsiyaning bu turi bilan tabrik telegrammalari, taklifnomalar, albom va shu kabilar bezatiladi. Gazlama applikatsiyasidan esa mato parchalarini fon xizmatini o’tovchi materialga tikib naqsh yaratilshda foydalaniladi. Ayrim xalylar gazlamadan yasalgan applikastiya bilan kiyim-bosh, uy-ro’zg’or predmetlarini bezatadilar.Qog’ozdan naqsh qirqish applikastiyasi san’at turi sifatida Ukraina va Belorussiyada naqshli parda-firanklar qirqishgan. Qog’ozdan kartinalar yaratib, oynalarga yopishtirilgan. Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar yangi oqlangan devor va shiplarga yopishtirilgan, bu ijod xalqda – visinanki deb ataladi.
Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quvchilarni garmonik rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodini rivojlantirishda katta yordam beradi, tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni o’stiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodkorligini oshirishda applikatsiya ishlaridan foydalanishda turli metod va usullardan unumli foydalansagina dars samaradorligini oshirishiga imkon yaratilgan bo’ladi. Mozaika (koshin, naqsh) san’ati – qadama(terma) naqsh va shunday ishlash san’atidir. Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo’llaniladigan materialiga ko’ra ham, naqsh va rasmlariga ko’ra ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. O’rta Osiyo madrasalari, maschidlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi kunda monumental san’atga aylangan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, sapol plitalaridan foydalaniladi. Loyda rangli ko’zgu parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga qo’shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.
Keyingi yillarda yog’ochning turli navlaridan mozaika qilish keng tarqaldi. Bu ish unchalik murakkab emas, uni ustaxona sharoitlarida xam amalga oshirish mumkin. Buning uchun yupqa yog’och plastinkalar (bir qavatli fanera)dan tasvir yig’iladi va keyin ularni asosga yelimlab, ustidan lak yoki politura beriladi. Mozaika bilan mebellarni, jurnal stollari, yodgorliklar va ko’pchilik shu kabi narsalarni bezash mumkin

Download 5.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling