Applikatsiya bilan ishlash texnologiyasi.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy ko’rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o’ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo’lgan narsalarni joylashtirish applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir.
1-rasm
Suhbatni o’qituvchi “8 Mart kuni” haqida olib boradi va bunda sovg’a masalasini eslatib o’tadi. Eng yaxshi sovg’a o’z qo’li bilan yasagan sovg’adir. Suhbatni mehribon buvijonlarimi onajaonlarimiz, opa-singillarimiz haqida bo’lishi mumkin.
Shundan keyin namuna ko’rib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari, kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.
Tabriknoma uchun qog’oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi;
Ko’k rangdagi qog’ozga to’g’ri burchak chiziladi, uning o’lchami uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining yarimidan 2sm atrofida kattaroq;
Ko’k qog’ozdan qirqilgan to’g’ri burchak taklifnomaning ustiga yopishtiriladi, bunda ko’k qog’oz taklifnomani bo’yashda halaqit bermasligi uchun bukish chizig’ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;
Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat shakldagi qog’ozni kerakli o’lchamda qirqiladi;
Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi;
Och ko’k va jigar rang qog’ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek yopishtiriladi;
Gullar qirqib yopishtiriladi.
Ish ijodiy tarzda bo’lganligi uchun o’quvchilar gullarni shoxlarga o’zlari mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o’qituvchi tarqatgan andoza bo’yicha qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so’zi yoziladi.
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog’oz, oyna, sapo, gul tojibarglari, tuxum po’sti va shu kabilar) qo’yib chiqishdir. Mozaika bilan ishlash texnologiyasi bilan o’quvchilar 1-sinfdanoq tanishtiriladi. 1- sinf Texnologiya darsligida qog’ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasash darsi berilgan( 3-rasm). 2- sinfga kelib o’quvchilar urug’lardan mozaika yasashni o’rganadilar ( 4-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |