1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 5.9 Mb.
|
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushunchalar
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:Turli xil materiallar turlarini ayting. Yog’ochning qanday turlarini bilasiz? Turli xil materiallar bilan ishlashda qanday texnika xavfsizligi qoidalari mavjud? 9-MAVZU. TABIIY MATERIALLAR BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASIReja: Tabiiy materiallarni to‘plash va ishga tayyorlashTabiiy materiallardan (barglar, somon qalamchalari, yong‘oq po‘choqlari, patlar, o‘simlik urug‘lari va boshqa materiallar) applikatsiyalar va o‘yinchoqlar yasash texnologiyasi. Tabiiy materiallar bilan ishlashga oid ish joyini tashkil etish talablari. Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Tabiiy materiallar turlari, somon qalamchalar, applikatsiyalar, o’yinchoq yasash texnologiyasi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar quyidagi tabiiy materiallardan: qum, tuproq, shag’al, suv, qor, daraxt va o’simliklarning barglari, shox-shabbalari, ildizlari, sabzavot va mevalarning urug’lari, tuxum po’choqlari, somon va shu kabilardan foydalanadilar. Tabiiy materiallarning haqiqiy shakllaridan kerakli o’rinlarda foydalanish mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari texnologiya darslari va sinfdan tashqari mashg`ulotlar jarayonida turli xil maneriallarni to’plash va ularga ishlov berish lchlarini o’rganadilar. Turli va tabiiy matriallarga misol tariqasida qog`oz, karton va gazlamalardan tashqari o`simliklarning turli qismlari (shoxi, barglari, gullari, ildizi, po`sti, urug`i, mevasi); foydali qazilmalar (kvarts qumi, loy, minerallar); yog`och (archa, sosna, qayin, lipa, ryabina); metallar (temir, mis, alyuminiy); plastmassa (polietilen, tekstolit, kapron) va boshqa materiallarni aytish mumkin. Bu materiallarning ayrimlari, masalan o`simlik qismlarini o`quvchilar tabiatga sayr qilish paytida teradilar, fanera, turli metallar, plastmassalarni esa tayyor holdagisi yoki yarimfabrikatlar shaklidagisini oladilar. O`qituvchi bu qonunning asosiy qoidalarini qayd etib, daraxt barglari va o’simliklardan faqat yerga tushgan materiallarnigina terish kerakligini eslatadi. Qonunga ko’ra daraxt va butalarni sindirish, tabiatni ifloslashtirish, o`simlik shoxlari, po`stlog`i, barglarini kesish mumkin emasligini uqtiradi. Dastlab tabiiy materiallar bilan tanishtirish 1-sinfdan boshlanadi. Quyida 1-sinf Texnologiya darsini ko’rishimiz mumkin: Download 5.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling