1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish


Download 5.9 Mb.
bet39/47
Sana03.11.2023
Hajmi5.9 Mb.
#1742658
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Bog'liq
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar

Plastilin – narsalar yasashda qo’llaniladigan materialdir. U sun`iy plastik massa bo’lib, loydan hech qachon qurimasligi va doimo ishlatishga tayyorligi bilan farqlanadi. Plastilinning har xil – oddiy va murakkab turlari bo’lib uni tayyorlashni bir nechta usullari bor.
Birinchi variant – toza quyuq loyga glitserin qo’shib bir turli massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanadigan massa qo’lga yopishmaydigan holatga kelguncha qo’shiladi.
Ikkinchi variant – quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va unga vazelin qo’shib, qo’lga yopishmaydigan quyuq massa hosil bo’lgancha aralashtiriladi. Plastilinga kerakli rangdagi quruq bo’yoq massasini qo’shib va puxta aralashtirib bo’yash mumkin.
Uchinchi variant - 1 qism tuprog’iga 1/5 qism ilitilgan mum hamda plastilin qo’lga yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin qo’shib aralashtiriladi.
Loy va plastilin ham turli narsalar yasash uchun juda qulay bo’lib, ayrim xususiyatlariga ko’ra, bir-biridan ajralib turadi. Masalan plastilin rang-barangligi va doimo ishga tayyor holda ekanligi bilan ajralib turadi. Lekin asosiy kamchilik shundaki, plastilin issiqda tez erib ketadi va o’zining qayishqoqlik xususiyatini yo’qotadi. Bundan tashqari plastilindan ishlangan haykalchalarni ochiq joyda saqlash juda qiyin. Undan asosan kichik modellarni yasashda foydalaniladi. U sun’iy plastik massa bo’lib, loydan hech qachon qurimasligi bilan farqlanadi.
Texnologiya darslarida loy, plastilin, mum kabi materiallardan foydalanib, ulardan turli o`yinchoqlar, jonivorlar, qushlar, ertak qaxromonlari yasaladi. O`yinchoq – dekorativ sa’natning eng qadimiy turlaridan biri bo’lib, qadim asarlarda loydan yasalgan narsalar bizgacha yetib kelgan. Mamlakatimizda sanoat va madaniyatning rivojlanib borishiga ko’ra o`yinchoqlarni assortimenti, ularning obrazlari yildan-yilga boyib bormoqda. O`yinchoqlar yasaladigan materiallar xilma-xildir. Biroq afzallik loyga beriladi. Loy narsalar yasashda asosiy material hisoblanadi.


    1. Download 5.9 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling