Loydan narsalar yasash usullari. Loy va plastilin bilan ishlash o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bir qator qoidalarga rioya qilishni talab etadi.:
Yumaloqlash - bu bir parcha loydan shar yasash, unga olcha, olma kabilar shaklini berishdir. Bir bo'lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi. Shar yasash, so'ngra uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun kabilarga aylantirish.
Yassilash - sharikdan yassi non yasaladi, qo'lning xolati doimo o'zgarib turadi.
Cho'zish - sharikninig bir qismi cho'ziladi.
Surish (yamash) buyumning ayrim qismlarini o'zaro biriktirish.
Haykaltaroshlik va kulolchilik mashg'ulotlarida plastilin ham keng miqyosda qollaniladi. Lekin u bilan ishlashda ayrim qonun- qoidaga rioya qilishga to'g'ri keladi. Plastilin sovuq bo'lganda ancha qattiqlashib qoladi. Ish boshlashdan oldin esa uni biroz yumshatish kerak bo'ladi. Buning uchun plastilin solingan qutichamashg'ulot boshlanishidan oldinroq issiqlik manbaiga yaqinroq joyga qo'yiladi yoki salgina namlangan qo'lning kaftida tutib turiladi. Natijada plastilin yumshab, ishga tayyor bo'ladi. Plastilinni qo'lda uzoq vaqt tutib turish yaramaydi.
O`zbekistonning iqlimi issiq, jazirama bo’lganligi bois narsalar yasash bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni loydan bajarilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki plastilindan yasalgan narsalar issiqda o'z shaklini tez yo'qotadi. Ishni oddiy predmetlar: sabzavot-mevalarni yasashdan boshlash kerak. Tayyor namuna yoki rasm bo'yicha ishlashni taklif etish mumkin. O`quvchilar narsalar yasash usullarini gallab olganlaridan so'ng o'yinchoqlar, badiiy bezakli dekorativ idishlarni yasashga o'tishlari mumkin.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Plastillinning xususiyatilari haqida nimalarni bilasiz?
Plastillinning tarkibi haqida nimalarni bilasiz?
Plastillindan qachon, qayerda va nima maqsadda foydalaniladi?
Plastillin ishlatish usullari haqida ma’lumot bering. 5.Loy qanday xususiyatlarga ega?
Do'stlaringiz bilan baham: |