1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish
-MAVZU. GAZLAMA BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Download 5.9 Mb.
|
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushunchalar
11-MAVZU. GAZLAMA BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASIReja: Gazlama va ip turlari. 2.Gazlamaning xususiyatlari. 3.Gazlamaning sanoatda ishlab chiqarilishi. 4.Gazlama bilan ishlash metodikasi. Gazlamaga ishlov berish (o‘lchash, andoza olish va qirqish) metodikasi. Gazlama bilan ishlashda ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish talablari. Mavzuga oid tayanch tushunchalarGazlama va ip turlari, gazlamaning xususiyatlari, gazlamaga ishlov berish metodikasi, andoza olish, o`lchash va qirqish, gazlama ishlab chiqarish. Bolalar birinchi sinfga o’qishga kelgunga qadar qanday gazlamalar va iplar bo`lishi, ulardan inson qayerda va qanday foydalanishi, ular qanday foyda keltirishi to`g`risida ba‘zi tasavvurlarga ega bo`ladilar. Ulardagi bu tasavvurlar aniq va to’liq bo’lmaydi, shu sababli ham bir tizimga solinmagan bo`ladi. Qizlar va o`g`illarda bu tasavvurlar hajmi, to`liqligi va sifati bo`yicha turlicha bo`ladi. Gazlamalar va trikotaj mahsulotlardan foydalanishda bolalar ko`pincha ongsiz, noto`g`ri ish tutadilar, natijada matqriallarning buzilishiga yoki xizmat muddatlarining qisqarishiga olib keladi. Birinchi sinfdagi gazlama va tolali materiallar bilan ishlash bo’limi, asosan suhbatlar va chok tikish ilk mashklari o’tkaziladi. Gazlama va tolali materiallarning tayyorlanishi; Paxta kanop tolalari, junning qayerlarda yetishtirilishi; Dehqonlar va chorvadorlar mehnati haqida tushuncha beriladi. Paxtani qanday etishtirish toladan tashqari hayotga kerakli yana qanday narsalar olishni tushuntiriladi. Gazlamaning turlari haqida gapirib gazlamalar namunalari ko’rsatiladi. Birinchi sinf mehnat darslarida o’quvchilarga mato turlari, iplarning turlari, kelib chgiqishi, tabiiy va kimyoviy tolalar haqida rasmlar va ko’rgazmali vositalar yordamida to’liq bajarishi unda o’lchov bo’yicha bichish,"andoza"ga qarab, gazlamalarni rejalash, qismlarini bir biriga choklab birlashtirib olish, tepchima choklar bilan tikish, ayri choklar bilan bezash, gazlamlar ipini so’gurish usullarini bilish, chizmaga qarab mustaqil rejalash, aplikatsiya usuli bilan chetlarini merjka choki bilan bezash malakalarini hosil qilgan bo’ladilar. To’rtinchi sinf o'quvchilarini mahalliy seleksionerlar mehnat faoliyati bilan tanishtirish, kichik ekskursiyalar uyushtirish maqsadga muvofiq. Gazlama- arqoq va tanda iplarining o’rilishidan hosil bo’ladigan pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. O’lchab – gazlab sotilgani uchun shunday nomlangan. Gazlama qadimda daraxt po’stloqlaridan qo’lda, keyinchalik tolalardan yog’och dastgohlarda, to’quv dastgohlarida to’qilgan, hozirda avtomat stanoklarda to’qiladi. Ma’lumki, birinchi sinf o`quvchilari o`qituvchi rahbarligida o`z hayot tajribalarini ishga solib, gazlamalardan ichki kiyim, ko`ylaklar, palto va kostyumlar, turli bosh kiyimlari, dasturxon va yostiqlar, pardalar, sochiqlar va dastro`mollar, parashyutlar, divan, stullar uchun qoplamalar, poyabzal astarlari, bayroqlar, sumkalar tikilishini aniqlaydilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilari o`qituvchining eng oddiy tajriba ishlaridan asta-sekin ravishda to`qimachilik tolalari, undan tayyorlanuvchi iplar va gazlamalar, turli gazlamalarning tayyorlanish xususiyatlari to`g`risida ko`p yangi va foydali ma‘lumotlarni o’rganadilar. Shu tariqa o’quvchilarda to`qimachilik materiallari, ularning asosiy xususiyatlari va ishlov berish usullari to`g`risidagi bilimlar sayqal topa boshlaydi. Bular o’z navbatida esa bolalarda materiallarni bir-biridan farqlash, ulardan to`g`ri foydalanish va ishlov berish malakalari shakllanib boradi. Download 5.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling