1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish


Gazlamadan detallarni yopishtirish


Download 5.9 Mb.
bet46/47
Sana03.11.2023
Hajmi5.9 Mb.
#1742658
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar

Gazlamadan detallarni yopishtirish. Gazlamadan tayyorlangan buyum detallari odatda ip bilan tikiladi. Keyingi yillarda tikuvchilik ishlab chiqarishida detallarni yopishtirishdan ko`proq foydalanib, buning uchun maxsus yelim va moslamalardan foydalaniladi. Karton va muqovalar ishlab chiqarishida ham gazlamani qog`oz va karton bilan yyelimlanishini kuzatish mumkin. Bunda maxsus muqovalash gazlamalari – kolenkor, lederin, granitoldan keng foydalaniladi. Bu matolar oddiy ip-gazlama matolardan, tanda va arqoq iplari orasidagi hamma g`ovak va oraliqlarni to`ldiruvchi maxsus tarkiblar bilan shimdirilgani bilan farq qiladi. Shuning uchun bu gazlamalarning teskari tomoniga yelim tarkibi surtilganda, yelim o`ng yuzaga o`tmaydi va uning ko`rinishini buzmaydi. Yelim tarkiblar bilan ishlov berilgan gazlamalar deyarli cho`zilmaydi, namlanishda shakli buzilmaydi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari texnologiya fani darslarida gazlamalarni yelimlash hamda gazlamadan detallarni qog`oz va kartonga yopishtirish xususiyatlari to`g`risida dastlabki tushunchalarga ega bo`ladilar. Ba‘zi o`quv buyumlarni tayyorlashda o`quvchilar gazlamadan detallarni qog`oz va kartonga yopishtiradilar, masalan, gazlama to`plamlarini tuzish va joylashtirish, gazlamadan applikatsiyalarni o`rnatish, kitob muqovalarini tayyorlash, qo`g`irchoq teatri personajlarini tayyorlash va hokazolarda.
Bu amaliy masalalarni o`quvchilar ongli hal etishlari, ularga kerakli ahamiyat berishlari uchun ular gazlamadan detallarni boshqa materiallarga yelimlash jarayonida nima ro`y berishini aniq tasavvur etishlari kerak.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


    1. Gazlamaning xususiyatlari haqida ma’lumot bering.

    2. Gazlamaga ishlov berish metodikasi mohiyatini izohlang.

    3. Gazlamani o`lchash va qirqish qoidalarini tushuntiring. 4.Gazlamaning sanoatda ishlab chiqarilishi haqida ma’lumot

bering.
5.Ish fartugidan andoza olishni tushuntiring.

Download 5.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling