Gazlamaning o`ng va teskari tomonlarini aniqlash.
rasm. Gazlamaning o`ng va teskari yuzalarini aniqlash:
1 – rasmli gazlama (bosma); 2 – silliq gazlama (bir xil rangdagi)
gazlama o`ng yuzasi odatda ancha sof va silliq yuzaga ega, unda teskari yuzaga nisbatan tukchalar va tugunchalar kamroq;
rasmli gazlamalarda, masalan, chitda, o`ng yuzadagi rasm ancha ochiq va aniq bo`ladi (6.1-rasm);
yaltiroq yuzali gazlamalarda (atlas, satin) o`ng tomoni yaltiroq, teskari tomoni – xira bo`ladi;
to`quv rasmi (tanda va arqoq iplari o`ralishi rasmi) gazlamaning o`ng yuzasida osonroq farqlanadi (6.2-rasm);
patli gazlamalarda (bumazeya, baxmal) o`ng yuza patlari uzunroq;
gazlama milki o`ng yuzada sofroq, tekisroq bo`ladi.
Kuzatishlarini xulosalab o`quvchilar gazlamalar o`ng va teskari yuzalarini farqlay olish zarur bo`lgan hollarni eslab misollar keltiradilar.
Gazlamalardan turmushda foydalanish:
Kiyim (uy, ish, chiqish, yozgi, qishki, mavsumaro, o`quvchilar formasi va hokazo);
Ichki kiyim (ayollar, erkaklar, bolalar ichki kiyimi);
Yostiq anjomlari;
Sochiqlar;
Oshxona anjomlari (dasturxon, sochiqlar);
Bosh kiyimlar;
Poyabzal;
Yumshoq va yarimyumshoq mebellarni qoplash;
Uy anjomlari (pardalar);
O`yinchoqlar (yumshoq o`yinchoqlar, qo`g`irchoq kiyimlari);
Xo`jalik anjomlari (sumkalar, xaltalar, chang artish, pol yuvish uchun lattalar va hokazo).
Gazlamalardan texnika va ishlab chiqarishda foydalanish:
Maxsus ishlab chiqarish kiyimi;
O`rash materiallari (doka, kolenkor, lederin);
Parashyutlar;
Fazogirlar skafandrlari;
Changyutgich filtrlari;
Metro, avtobus, samolyot o`tirg`ichlari qoplami (sun`iy charm asosi – gazlama);
Kinoteatr ekranlari;
Sayyohlar palatkasi va yotoq xaltalar;
Plastmassa – tekstolit.
Do'stlaringiz bilan baham: |