1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish


Download 5.9 Mb.
bet40/47
Sana03.11.2023
Hajmi5.9 Mb.
#1742658
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47
Bog'liq
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar

– rasm


Chunki u istalgan joyda topiladi, arzon va qayishqoqdir. Narsalar yasaladigan materialda chet predmetlar, tosh, qum va shu kabilar bo’lmasligi kerak. Chunki ish qo’lda bajariladi. Shuning uchun ish boshlashdan oldin loyni tayyorlash kerak, topilgan matni narsalar yasashga yaroqli yoki yo’qligini oldindan tekshirish kerak. Loy shirali va shirasiz bo’ladi. Shirasiz loy tarkibida qum ko’p bo’lib, unda


yopishqoqlik xususiyati ko`ngildagidek bo’lmaydi. Plastilin va loy bilan tanishtirish ishlari dastlab 1-sinfdanoq boshlanadi. Bunda plastilin va loyning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoidalari aytib o’tiladi. Hozir 1- sinf Texnologiya darsligida berilgan “Plastilin va loy bilan ishlash qoidalari” mavzusini ko’rishimiz mumkin (1-rasm). Plastilindan turli hayvonlar, buyumlar yasashni 4 – sinf Texnologiya darsligida ham ko’rishimiz mumkin (2-rasm)

    1. – rasm .


Dastlabki kuzatishlar va tajribalar natijasida o’quvchilar quruq lоy, оq, kul rang, qizil rangda, qum esa – sariq rangda bo’lishi mumkinligini aniqlaydilar. Ishqalashda quruq lоy mayda zarralarga aylanishini; qum esa o’zgarmasdan qоlishini; namlashda lоy to’qrоq tusga kirib, yopishqоq massaga aylanishi; qum ham to’qrоq tus оlib, uning zarralari o’zarо yopisha bоshlashini bilib оladilar. Nam lоy va qumga kеrakli shakl bеrish mumkin. Quritishdan kеyin lоydan yasalgan buyum o’z shaklini o’zgartirmay qоtadi, qumdan yasalgan buyum esa quritishdan kеyin to’kilib kеtadi



Lоy va qum bilan tajribalar
Narsalar yasashda ishlatiladigan asbob va moslamalar. Loy bilan ishlaganda asosan oddiy asboblar: pichoq, oddiy konstruktsiyadagi yog'och va metall uchli stekalardan foydalaniladi. Plastilin va mum bilan ishlaganda metall stekalardan foydalaniladi. Ularni qizitish hamda yo'g'on mis, alyumin yoki temir simdan tayyorlash mumkin. Sirkul, sirkul-pantograf, merka, chizg'ich va burchaklar kabi o'lchov asboblari modellarni chizish va o'lchash ishlarida kerak bo'ladi.
Malbert - bu oddiy yog'och taglikni ustaxonada bemalol yasash mumkin. O`lchami 20 x 30 yoki 25 x 25 sm bo'lgan fanera, organik shisha yoki boshqa materiallardan tayyorlangan tagliklardan ham foydalanish mumkin.
Tayyor narsalardagi changlarni yo'qotish, loy parchalarini supurib tashlash, narsani solish va unga narsalar surtish jarayonida har xil mo'yqalamlar kerak bo'ladi. Diametri 2-3 sm va 1,5 sm li mo'yqalamlar bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Sprintsovka loydan yasalgan narsalarga suv purkash va formalash vaqtida loyni yuvib tashlash uchun kerak. Sprintsovka dorixonalarda sotiladi.

Download 5.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling