1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish
Download 5.9 Mb.
|
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraqarag‘ay
- Tog‘terak
Yog’och bilan ishlashYog‘och eng ko‘p tarqalgan materiallardan bo‘lib, ukuvchilar mashg‘ulotlarda ko‘p tarqalgan daraxt turlari bilan tanishib chiqishlari kerak. Qaragay — ko‘p tarqalgan va ishlov berilishi oson daraxtdir. U unchalik qattiq emas, ammo pishiq, yorish, arralash oson, tolalari bo‘ylab randalanadi. Qarag‘ay yogochning rangi bir oz qizg‘ish ottenkali ochsariqdir. Qoraqarag‘ay — yaxshi ishlanadi, uning yog‘ochi ok rang, ba’zan sarg‘ish ottenkali bo‘ladi. Qoraqarag‘ay strukturasiga ko‘ra qarag‘aydan yumshoq va engil. Biroq, qoraqarag‘ayda butoqlar ko‘p, qurigaida yorilib ketadi, bu uning nuqsonidir. Kayin — qarag‘ayga nisbatan pishiqroq va og‘irroq, biroq oson arralanadi va randalanadi, qayin yoqimlp qizg‘ish tovlanuvchi och- sariq ottenkaga egadir. Jo‘ka — yog‘ochi yumshoq, arralash oson, stameska, pichok bilan oson ishlanadi, chetlari uqalanmaydi, darz ketmaydi. Jo‘kani yorish qiyin. Jo‘ka qarag‘ay va qoraqarag‘aydan engil, sarg‘ish ottenkali ok rangga ega. Tog‘terak — asosan mayda buyumlar yasashda foydalaniladi. Eg‘ochi yumshoq, anchagina engil. Eman — yog‘ochi qattiq, u pishiq va zich hamda og‘ir, chiroyli jigar rangga ega. Turli materiallar bilan ishlash darslarining texnologik xususiyatlari, qog’oz va karton bilan ishlash hamda gazlama va tolali materiallar bilan ishlash darslaridan farq qiladi. Chunki qog’oz, karton va gazlama hamda tolali materiallar tayyor mahsulot bo’lib, ulardan turli o’yinchoqlar yasaladi, ularning chiqindilaridan ham tejamkorlik bilan foydalanish o’rgatiladi. Mehnat darslarida turli tabiiy materiallar- daraxt novdalari, qamish, poxol, g’o’za chanoqlari, yong’oq, qum, loyning ishlatilishi hamda plastic massalar: plastilin, rezina, sellofan, polietilin lentalar, plyonkalar, gugurt qutilari, g’altak, iplar, turli chiqitlar; tuxum po’chog’i, xandon pista po’chog’i, danak po’choqlari, bo’shagan plastmassa idishlari ishlatiladiki, ana shunday tashlab yuborilishi mumkin bo’lgan narsalardan chiroyli, go’zal o’yinchoqlar, ertak qahramonlari, turli ko’rsatmali manzaralar yasah mumkinligi tejamkorlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlar ko’pligini ko’rsatadi. Tashlandiq narsalardan ham kerakli buyumlar, estetik zavq olsa bo’ladigan, ayniqsa, o’z ko’rinishi, mazmuni bilan bolalarni tarbiyalashi mumkin bo’lgan narsalar yasalishi ular tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Turli materiallar bilan ishlash turidan tashqari texnik modellash, ya'ni konstruktorlar bilan ishlash, qishloq xo'jalik mehnati hamda o'z- o'ziga xizmat turlari borki, bu mehnat turlarini o'quvchilarga singdirishda ham tejamkorlikka alohida e'tibor beriladi. Konstruktor to'plamlari bilan ishlashda bolalar texnik modellar yasaydilar, shu tariqa ularda qurish-yasash, konstruktorlik qobiliyatlari o'sib boradi. Mehnat darslarida texnik modellar-samolyot, mashina, parovoz, paroxodlar haqida tushuncha berib borish bilan birga shu texnika vositalari inson mehnatini osonlashtirgani haqida to'xtalib, ana shu texnikani asrab, uzoq vaqt ishlatish bilan hayotimizda tejamkorlikka erishayotganligimizni, hayotimiz farovon bo'lib borayotganligini tushuntiradi. 4-sinfda o'tar ekanmiz, elektr energiyasini tejash kerakligini, u inson hayotida nafaqat yoritish vazifasini bajarishi, balki sanoat va qishloq xo'jaligida, oziq-ovqatlar ishlab chiqarishda dvigatellarni, katta zavodlarni yurgizishi haqida tushuncha beramiz. Mehnatning boshqa turlarida ham tejamkorlikning zarurligi haqida fikr yuritilsa, suhbatlar o'tkazilsa, ko'zlangan natijaga erishishi mumkin. Download 5.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling