1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish
Mavzuga oid savol va topshiriqlar
Download 5.9 Mb.
|
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-MAVZU. TEXNOLOGIYA DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
- “SINKVEYN” texnologiyasi haqida tushuncha
Mavzuga oid savol va topshiriqlar:Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi roli. Kompyuter dasturlari: tizimli, amaliy va instumental dasturlar. Kompyuter dasturiy ta’minoti va ularning rivojlanish tendensiyalari. Ta’lim samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan ilmiy-tadqiqot jarayonida foydalanish. 3-MAVZU. TEXNOLOGIYA DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHReja: Innavatsion texnologiyalar haqida ma‘lumot. Innavatsion texnologiyalardan foydalanishning shakl va metodlari. Innavatsion texnologiyalardan ta’lim jarayonida foydalanish usullari. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Pedagogik texnologiyalar, innovatsiya, interfaol metodlar, hamkorlik pedagogikasi. Innovatsion texnologiyalar - ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy baxs-munozaralar o’tkazish, shu materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ro’zalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’psatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshi- rishda o’ziga xos ahamiyatga ega. Innovatsiya (inglizcha) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni ifodalaydi, texnologiya yunoncha “texnos”- san’at,mahorat va “logos”- fan so’zlaridan olingan bo’lib, innovatsion texnologiya ta’lim-tarbiya shakllari, metodlari va usullariga yangicha yondashish degan ma’noni o’z ichiga qamrab oladi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish. Ta’lim tizimidagi har qanday islohotlar, innovatsiyalar, investitsiyalar, shubhasiz, ta’lim samaradorligini oshirishga va uni zamonaviy ta’lim talablariga to’la qonli javob berishiga qaratilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanganidek, “Inson, uning har tomonlama uyg`un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o`zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O`zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”. XXI asrda O`zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish ustuvor vazifalardan biridir. Bu esa, o`z navbatida texnologiya fani yo’nalishida izlanishlar olib borayotgan olimlarimiz zimmasiga tegishli o`quv fanlari bo`yicha o`quv adabiyotlarini hozirgi davr talabi va ilm-fanning so`nggi yutuqlarini hisobga olgan holda yangilab borish, ta’lim jarayoniga innovatsiya va ta’lim texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda.Ma’lumki mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida barcha fanlarni o`qitish jarayonida innovatsiyalar va ilg`or xorijiy tajribalarni qo`llash bugungi kunning dolzarb masalaridan biri hisoblanadi.Avvalo fandagi yangilik nima? Fandagi innovatsiya nima? degan savollarga javob berish lozim. Bugungi kunda amaliyotda yangilik va innovatsiya so`zlari o`rtasida farqlar mavjud. Yangilik bu fandagi eng so`nggi kiritilgan yutuqlar, bilimlar, usullar hisoblanadi. Ushbu yutuqlar, bilimlar, usullarni amalda qo`llanilishi bilan innovatsiyaga aylanadi. Rivojlangan mamlakatlarda har jihatdan rivojlangan insonni tarbiyalash muammosi hozirgi kun talabiga aylangan. Jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o’zgarishlarni insonni o’zgartirmay amalga oshirib bo’lmaydi, bu esa ijtimoiy munosabatlarning yangilanishiga borib taqaladi, uning tub ildizi esa maktablar tizimiga ulangan. Axborot texnologiyalarni yuqori cho’qqini zabt etib turganligi xorijiy mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi, ta’limning ilg’or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metotlari va shakllariga bo’lgan ehtiyoj kuchaydi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi sababli ta’limga qaratilayotgan islohotlar yildan yilga oshib bormoqda. Yaponlarda maktab tizimiga shunday ta’rif bergan: “ maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina bo’lib qolmay, “ u insonni yaxshilaydi” degan fikrga asoslanadi. Ta’lim to’g’risidagi masalalar hamisha davlat siyosatchilarining diqqat markazida bo’lgan. Fransiya prezidenti F.Mettiran “maktab-jamiyatni harakatlantiruvchi kuch” deb hisoblagan. Xorijiy mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmoqda. Hunar ta’limi Germaniya ta’lim tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, Germaniyada yuqori malakali ishchilarga bo’lgan talabning kuchliligidir. Maxsus hunar bilim yurtlari va o’rta maxsus bilim yurtlariga bu mamlakat tayanch maktablarning 25% gacha bitiruvchilari kiradilar. Bu turdagi o’quv yurtlarining bitiruvchilari texnika oliy o’quv yurtlarida o’qishni davom ettirishlari mumkin. Muammoli ta’lim texnologiyasida aqliy faoliyat usullarini shakl- lantirish, ijodiy faoliyatga yo`llash, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish funksiyalari yetakchi o`rinni egallaydi, qolgan funksiyalar ularga go`yoki bo`ysunadi. Shu asnoda boshqa texnologiyalarning ham didaktik funksiyalarini tahlil etish mumkin. Bir qator fanlarni o`qitishda bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda quyidagi innovasiyalar va ta’lim texnologiyalari qo`llanilmoqda. Muammoli o‘qitish– Maqsadi - faol shaxsni tarbiyalash. Vazifasi - faol bilish jarayoniga undash, ijodiy fikrni rivojlantirish, tanqid va tahlil qilish, muammoni echish usulini izlashga o‘rgatish, tafakkurida ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish. Muammoli vaziyatni yaratish metodikasi: O`quvchilar muammoning echimini o‘zlari topishga urinadilar; O`quvchilar bitta savolga har xil fikrlar bildiradilar; Fikrlar taqqoslanadi, umumlashadi va xulosa chiqariladi. Muammoli o‘qitishning shakllari: Nazariy bilimlarni berishda o‘quv materialini muammoli bayon etish; Amaliy mashg`ulot ishlari yoki tajriba qilishda qisman izlanuvchi faoliyat; “Zig–zag” – usuli 1980 -1990 - yillardan boshlab paydo bo‘lgan. Bu usulning boshqalardan farqi shundaki, ishtirokchilar mayda guruhlarga ajratiladilar va o`quvchilar raqamlanadilar, spiker (boshliq saylanadi). So‘ngra bir xil raqamlar bir-birini “topadilar”. Topshiriq beriladi va o‘zlashtirgach, tarqalishadilar. Har bir a’zo o‘zi o‘zlashtirgan materialni eski sheriklariga aytib beradi. Savol - javobda esa guruh baholanadi. Har bir raqamlanganlar yangi va har xil topshiriqlar olganini hisobga olsak, har bir talaba o‘z guruhi manfaati uchun ham berilgan topshiriqni bilishi kerak va bilishga majbur. Chunki, u o‘z guruhiga qaytganda, o‘rgangan mavzu bo‘yicha savol- javobda guruhi nomidan qatnashishi kerak. 6x6x6 – uslubida o‘qituvchi guruh 36 ta qatnashchisini qisqa vaqt mobaynida bironta masalani muhokama qilishga o‘rgatish va ular ko‘pchiligining fikrlarini bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 6-ta guruh ishtirokchilari o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammoni 6 daqiqa mobaynida muhokama qiladilar. Shundan keyin o‘qituvchi 6 ta yangi guruhni shunday tuzadiki, unda oldingi munozara guruhida qatnashganlardan birontasi albatta bo‘ladi. Yangi guruh qatnashchilari o‘z guruhlarining ish natijalarini muhokama qiladilar. 6x6x6 – guruhning barcha a’zolarini faollashtiruvchi uslubdir. “Kungaboqar” – Talabalar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi. O‘qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o‘rtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi. Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni o‘sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo‘yadilar. Bu uslubdan o‘tilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda o`quvchilar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin. “Bumerang” texnologiyasi– Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganiysh, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. Asosiy tushunchalar quyidagilar: Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‘zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas. Yopiq savollar – bu savollar oldindan “ha” yoki “yo‘q” tipidagi to‘g‘ri, ochiq javoblarni berishni ko‘zda tutadi. Ko‘ndalang so‘roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo‘lib, bu o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlarni pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling