Savol va topshiriqlar:
1.Turkiy tillarda o’zak va qo’shimchalarning o’ziga xos belgilari nimadan iborat?
2.Turkiy tillarda kelishiklar qanday taraqqiy etganligi haqida gapiring.
3.Turkiy tillarda o’zak tiplarining qanday ko’rinishlari mavjud?
4.Qaratqich kelishigi qay holda taraqqiy etgan?
7-modul. Turkiy tillarda grammatik son va egalik kategoriyasi.
Reja:
1.Turkiy tillarda grammatik son shaklining ifodalanishi.
2. Turkiy bobtil davridan mavjud bo’lgan jamlikni bildiruvchi ko’rsatkichlar
3. Turkiy tillarda egalik kategoriyasini ifodalanishi
Tayanch so’z va iboralar: kategoriya, grammatik son shakli, jamlik-ko’plik, egalik, variant, affiks, bobotil, ko’rsatkich.
Grammatik son kategoriyasi odatda, birlik va ko`nlik shakllarining oppozitsiyasidan tashkil topadi. Turkiy tillarda ko`plik -lar va uning turli variantlari yordamida ifodalanadi. Lekin bu shakl chuvash tilida yo`q. Turkiy tillarda -lar affiksi olmagan otlar umumlashgan predmet nomini bildiradi. Masalan, kitob, daraxt so`zlari yakka kitob, daraxtni ham, kitob, daraxtlar yig`indisini ham ifoda eta oladi. Shunga asoslanib, ba'zi tadqiqotchilar -lar affiksi qo`shilmagan shaklni noaniq son shakli deb hisoblaydilar (36:80). Ko`plik shakli -lar faqat ot turkumidagi so`zlarga emas, balki barcha mustaqil so`z turkumlariga ham qo`shilib keladi. Ko`plikning takror vositasida ifoda etilishi ham turkiy tillarda keng tarqalgan: o`zbekcha: dasta-dasta gul, no`g`oycha shay-pay (choy-poy).
Shuni aytish kerakki, turkiy bobo til davridan mavjud bo’lgan jamlikni bildiruvchi ko’rsatkichlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:26 -z,-l,-m,-n,-r,-s,-ch,-sh ko`rsatkichlari qo`llanilgan. -lar affiksi nihoyatda kam ishlatilgan. Jamlik ko`plikni ifodalovchi
- z ko`rsatkichi kishilik olmoshlari tarkibida ko`plikni ifodalaydi, chunki qadimgi turkiy bi , si o`zagiga qo`shilgandir: biz, siz. Bu olmoshlar keyinchalik hurmat ma'nosini ifodalab, ikkinchi shaxs birlikda qo`llanila boshlagach, ko`plik uchun -lar shaklini qo`shganlar. Ba'zi tilshunoslar –z ko`rsatkichi ikkilik son shakli deb hisoblaydilar. Masalan, turk tilida ikiz (egiz), go’z (ko`z), goguz (ko`kraq), tiz (tizza), omuz (elka), tatar tilida myogez (shox) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |