-x - k ko`rsatkichi qadimgi turkiy bobotil davrida ko`plik ma'nosida mahsuldor qo`llanilgan. Hozirgi turkiy tillarda -k` ko`rsatkichi ba'zi so`zlardagina saqlanib qolgan: yokut tilida talax, kumax, qo`miq tilida talak, ko`mak, shor tilida kumaq, boshqa turkiy tillarda tol, qum. Dastlab talak so`zi tollar, kumak so`zi qumlar ma'nosida ishlatilgan.
- L ko`rsatkichi jamlov ko`plik ma'nosini ifodalovchi jamlovchi affiks -la, -len tarkibida saqlangan. Qiyoslang: o`zbek tilida ikavle, ikevlen; oltoy tilida yekile, uchule, uyg`ur tilida ikkilen, hakas tilida altalan (oltovlon).
- M ko`rsatkichi jamlov, jamlov-ayiruv ma'nosini ifodalashga xizmat qilgan va hozirgi turkiy tillarda bu shakl tartib sonlarni ifodalovchi -shchi, -imchi, -lamchi, -lemchi affikslari tarkibida saqlangan. Masalan, ozarbajon tilida birimji, ikimji, uchumji, beshlemchi kabi. Bu so`zlar dastlab ikkilik va jamlik ma'nosini ifodalagan27 .
-N ko`rsatkichi jamlik ma'nosini ifodalovchi olmoshlar tarkibida keladi: kadimgi turkiy tilda barsh (qamma), ko`miq tilida barsh (qamma). Kаdimgi turkiy tillarda ko`plik formasi -an ko`llanilgan: oglan (o`g`illar), yeren (erlar), kfqsh (qizlar) kabi.
Bundan tashqari, jamlik ko`plikni ifodalovchi -len, -gun affikslari tarkibida kelgan. O`zbek tilida ikegun, uchegun kabi28 .
-R ko`rsatkichi jamlov ko`plikni ifodalab, turkiy tillarning barchasida ishlatiluvchi -lar va chuvash tilidagi ko`plik shakli -sar tarkibida keladi. Masalan, tuva tilida adshar - otlaring, hakas tilida kimener - kelmanglar, oltoy tilida adagar - otanglar, dolngar -yo`linglar, chuvash tilida xarinzar -xurinsar - qayinlar.
-S ko`rsatkichi turkiy tillarda juda kam qo`llaniladi, uni chuvash tilida ko`plikni ifodalovchi –ser,- zar, -sem tarkibida ko`ramiz: yo`ldashsem - o`rtoqdar, purziser - hammamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |