1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja


Download 357.93 Kb.
bet44/53
Sana30.01.2024
Hajmi357.93 Kb.
#1817300
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org

Savol va topshiriqlar:
1.Turkiy tillarda yordamchi so’zlarning o’ziga xos umumiy va xususiy jihatlarini izohlang.

2. Yuklama qanday yordamchi so’z?


3.Yuklamalar turkiy tillarda qay holda taraqqiy etgani haqida so’zlang.
4.Yuklamalarning o’ziga xos etimologik xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
19 - modul:Turkiy tillarda taqlidiy so’zlar.


Reja :
1.Turkiy tillarda taqlidiy so’zlarning ifodalanish usullari.
2.Taqlidiy so’zlarning o’ziga xos shakllanish xususiyatlari.
3.Taqlidiy so’zlarning boshqa so’z turkumlari yasalishidagi ishtiroki.
Tayanch so’zlar: turkiy tillar, mimologiya, mimema, taqlidiy so’zlar, taqlidiy so’zlarning tovush jihatdan shakllanishi (sonomimemalar), holatga taqlid bildiruvchi so’zlar (videomimmelar),
Taqlidiy so’zlar hozirgi turkiy tillarda o’zining barcha xususiyatlari bilan boshqa so’z turkumlaridan farqlanuvchi so’zlar kategoriyasidir. Taqlid so’zlar leksik ma’no anglatmasligi, maxsus so’z o’zgartiruvchi shakllarga ega emasligi jihatidan mustaqil so’z turkumlaridan, so’zlar o’rtasidagi grammatik munosabatni anglatmasligi jihatidan yordamchi so’zlardan, hatto, emotsional - ekspressiv xususiyatga ega emasligi jihatidan undovlardan farq qiladigan so’zlar guruhidir.
Taqlid so’zlarni o’rganuvchi soha mimologiya deb ataladi. Turkologiyadagi taqlid so’zlarni o’rganish N.I.Ashmarin faoliyati bilan bog’liq. Olim 1018-yilda Qozonda “ Основы чувашской мимологии” asarini e’lon qiladi. Bu asarda taqlid so’z ma’nosidagi “mimema” atamasining mohiyati birinchilardan bo’lib izohlab berilgan.N.K.Dmitriyev turkiy tillardagi taqlid so’zlarni o’rganar ekan, N.I. Ashmarin tasnifi va terminologiyasidan foydalanadi.
N.K.Dmitriyev turkiy tillardagi taqlid so’zlarni to’rt guruhga ajratadi:
1) tovushga taqlidni bildiruvchi so’zlar: pit-pit- qadam tovushi; tiraq- zarb tovushi;jingir- qo’ng’iroq tovushi.
2) yorug’lik holati va harakatini bildiruvchi taqlid so’zlar: efil-efil- yengil tebranish; pir-pir - uchish harakati; parit-parit – yorug’lik holatiga nisbatan;
3) tirik organizm holati bilan bog’liq taqlid so’zlar: hishit – shamollashda, tomoq bo’g’ilishidagi tovush; ipit-ipit quvonchdan qiyqirish, tirit- tirit- sovuqdan qaltirash; zangirdamaq – tishlarning takkilashi;
4) Bolalar nutqiga taqlidni bildiruvchi so’zlar yoki bolalar nutqi shakllari; buva-suv, nine-ona, ninni – alla.
Taqlid so’zlar borliqdagi turli jonsiz va jonli predmetlarning, narsa va hodisalarning tabiiy obraz va tovushlarning tahminiy ifodasidir.Insonning so’z yaratishda,narsalarga nom berishida taqliddan foydalanish,taqlidning o’tmishda ham nutqning shakllanishida ozmi-ko’pmi ma’lum darajada rol o’ynaganini ko’rish mumkin. Agar shunday bo’lmaganda, hozirgi tovush yoki obrazga taqlid qilish natijasida paydo bo’lgan so’zlar ham bo’lmasdi. Shuning uchun borliqdagi turli narsa va predmetlar, voqea va hodisalarga taqlid qilish, shu asosda yangi so’zlar hosil qilish va uni taraqqiy ettirish, umuman, insonlarning ijtimoiy faoliyatidir. Shuning uchun bu tipdagi so’zlar “ til sistemasidan tashqaridagi ” so’zlar bo’lmay, uning tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Buni taqlidiy so’zlarni turkiy tillardagina emas, balki jahondagi barcha tillarda ham umumiylik kasb etishi bilan izohlash mumkin.

Taqlidiy so’zlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ular “ o’z qurilishiga ko’ra aniq bir xillikka” ega.Shu tufayli bu kategoriyadagi so’zlarni osonlikcha ma’lum bir formula asosida joylash hamda aniq shakllangan guruhlarga ajratish mumkin. Taqlidiy so’zlardagi bunday xususiyatlarni hozirgi turkiy tillardagi taqlidiy so’zlarni qiyoslash natijasida ko’rish mumkin.Taqlidiy so’zlarni barcha turkiy tillar uchun umumiy xususiyatlarini shunday ko’rsatish mumkin:


1. Hamma turkiy tillardagi taqlidiy so’zlar tovush jihatdan shaklan bir xillikka ega:
a) CVC: qadimgi turkiy. shap-, bak-, lap; ozarb. pok-,turk. pof-,o’zb. duk-,xakas. tur-, qirg’. chip,ching.
b) CVCC: boshq. sharq - , mirt - , turk. g’ulq- , o’zb. gurs-, qozoq. shiyq-,tatar. chart.
s) CVCVC: boshq. shatir, tatar. dobir, turk. fisir, gurul, o’zb. dupur.
d) CVCCVC: qad. turkiy. buldur, turk. shaqqir, gumbur, tatar. shuldir - saldir.
2. Taqlidiy o’zaklarga bir xil struktura elementlarining qo’shilishiga ko’ra: Masalan, o’zb. shal + p + aq, shal + aq, qoz . sal + p + aq, sal + aq; o’zb. qay + ir, qirg’. g’ay + ir;
3. Deyarli barcha turkiy tillarda ba’zi fe’l o’zaklarining shakl jihatdan ham, mazmun jihatdan ham taqlidiy so’zdan kelib chiqqanligi sezilib turadi: Masalan, o’zb. tir + j + ay, qad.turk. cho’q + q + ay, turk. gup + p + ay kabi.
4. Taqlidiy so’zlar barcha turkiy tillarda ba’zan bir, asosan ikki komponentli, takrorlangan holda qo’llanadi; boshq. birx- kuchli kulgi, tat. gop – og’ir yuk urilishiga taqlid, turk. hungur – yig’i ovoziga taqlid, kufur - kufur – yengil shabada ovoziga taqlid, tipish-tipish – sekin yurish, o’zb. g’ing chivin ovoziga taqlid, xakas. xort – xort – hayvon ovoziga taqlid .
5. Hamma turkiy tillarda taqlidiy so’zlar o’z yasovchisiga ega bo’lmasa ham, taqlidiy so’zlar boshqa turkundagi so’zlarning yasalishiga asos bo’ladi:

Download 357.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling