1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja
Download 357.93 Kb.
|
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi tip izofada
- Uchinchi tip izofada
Biriichi tip izofa.Bu tip izofa o’z morfologik ko’rsatkichga ega emas.Birikish jihatidan sifat + ot shaklida bo’ladi: zenger ko`k - zangori osmon (tatar), kara deniz (turk). Birinchi tip izofa har doim adektivatsiyalashgan (boshqa turkumga oid so`zlarning sifatga ko`chishi) bo`ladi. Masalan, ozarbayjon tilida demir gapi-temir darvoza, tatar tilida. agash kashik, qozoq tilida. jarik ay kabi.
Izofaning bu turi tarkibidagi bo’laklar ikkita bosh kelishik birlikdagi otning hech qanday vositalarsiz birikib,aniqlovchi birikma hosil qilishidan kelib chiqqan.Bunda,odatda,aniqlovchi bo’lak predmetlik ma’nosini yo’qotib, belgi bildiruvchi so’z – adyektiv sifatga aylanadi.Buni yuqorida keltirilgan misollardan ham ko’rishimiz mumkin. Ko’rinadiki, I tip izofalar aslida sifat+ot tipidagi aniqlovchi birikmalardan farq qilmaydi. Ikkinchi tip izofada birikmaning ikkinchi komponenti uchinchi shaxs egalik affiksini qabul qiladi: avl xo`jalig’i. - qishloq xo`jaligi (tatar), deniz yalisi - dengiz qirg`og`i (turk),adabiyat darsi(uyg’ur). Qo’miq tilida birinchi tip izofa tipik sanalsa, chuvash tilida ikkinchi tip ko’proq qo’llaniladi. Uchinchi tip izofada birikmaning har ikkala komponenti o’z leksik ma’nosini saqlagan ot bo’ladi.Bu birikma qat’iy shaklga ega,ya’ni birinchi komponenti qaratqich kelishigi qo’shimchasini qabul qilgan bo`ladi,ikkinchi komponenti III shaxs egalik affiksini olgan ot bo’ladi: babanin yevi (turk), menin ko’zim q.qalp. bizni yel - bizning el, tuva. karakting karazi (ko’zning qorasi) kabi. III tip izofaning birinchi komponenti qaratqich kelishigida aniqlik kategoriyasi vazifasida shakllangan.Shuning uchun bunday birikmalar qaratqich kelishigi mavjud bo’lgan barcha turkiy tillarda keng tarqalgan.Bu tip izofa uch komponentli ham bo’lishi mumkin.Masalan, onaning kechalari aytgan allasi, turm. ing uli yarang xem avusi gider, emma yaman so’zung avusi gitmez ( eng yomon yaraning og’rig’i ketadi,ammo yomon so’zning og’rig’i ketmas). Bu tip izofa belgili va belgisiz shakllarda qo’llanadi. Xullas, turkiy izofa tashqi ko`rinishidan o`rni almashtirilgan forsiy izofani eslatadi. Ayrim sonlar ot bilan birikma xosil qilib, keyinchalik bir so`z xoliga kelib qolgan: beshta (besh daxa). durtz (to`rt daxa) - qishloq nomi. Formal belgilari bo`lmagan bu tipdagi birikmalar tilning eng qadimgi ko`rinishlaridir58. Bu tip birikmalar Xorazm shevasida keng tarqalgan: yashulli - yoshi ulug`, yashulkan kabi59. Download 357.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling