1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja


Download 357.93 Kb.
bet50/53
Sana30.01.2024
Hajmi357.93 Kb.
#1817300
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org

- a, - y li ravishdosh shakliga shaxs - son qo’shimchalari qo’shish orqali hosil qilinadi. Bu shakl fe’lning hozirgi - kelasi zamon ma’nosini ham hosil qiladi. Hozirgi turkiy tillarda ravishdoshning hozirgi – kelasi zamon ma’nosidagi – a, - y li shakli qipchoq tillarida zonal jihatdan chegaralangan. Lekin bu chegaralanish keyingi davrlarda yuzaga kelgan. Ilgari esa bu shaklning hozirgi – kelasi zamon ma’nosini ifodalash hamma turkiy tillarda keng tarqalgan.
Hozirgi turkiy tillarda bu fe’l kesim tatar,boshqird,qumiq va boshqa tillar uchun xos.Hozirgi – kelasi zamonning – a, - y li shakli - ti // - di shakllarini olib, zamon ma’nosini anglatadi.Bu shaklning distributsiyasi turkiy tillarda juda keng: o’zbek, no’g’ay,qirg’iz,qozoq, karaim,oltoy va boshqa turkiy tillarda uchraydi.
2) – ar // - ir li shakl hozirgi turkiy tillarda kelasi zamon ma’nosini ifodalaydi: alir,verir, gelir(turk), galar, verar (ozarb.),jeter,qoyor (qirg’.), borar, o’qir (o’zb.);
3) - ar // - ir + to’liqsiz fe’l+shaxs-son qo’shimchalari harakatning davomiyligini,uzluksuzligini anglatadi;
4) – di // - ti fe’lning eng qadimgi o’tgan zamon shakli, ayrim tillarda – t shaklda qo’llanadi: kelet,okuyt ( qirg’.).


Savol va topshiriqlar:
1. Turkiy tillarda sodda gapga xos eng muhim xususiyatlar nima?
2. Ot asosli sodda gaplar haqida gapiring.
3. Kesimi fe’l bilan ifodalangan sodda gaplarga misollar keltiring.
4. Kesimi fe’l shakllari bilan ifodalangan sodda gaplar qanday xususiyatga ega?
5. Turkiy tillarda gap strukturasi deganda nima nazarda tutiladi?
6. Turkiy tillarning sintaktik xususiyatlari haqida gapiring.
22- modul: Turkiy tillarda bog’langan qo’shma gap ko’rinishlari
Reja:
1.Bog’lovchi tipli qo’shma gaplar va ularning tarixi.
2.Teng bog’lovchilar.
3.Ergashtiruvchi bog’lovchilar.
4.Tyrkiy tillarda bog’lovchilarning kelib chiqishi.
5.Gibridizatsiya turkiy tillrda tobe munosabatning o’ziga xos taraqqiyot yo’li sifatida.

Download 357.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling