1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja


) Hokim bo’lak - ot, tobe bo’lak – sifat


Download 357.93 Kb.
bet46/53
Sana30.01.2024
Hajmi357.93 Kb.
#1817300
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org

2) Hokim bo’lak - ot, tobe bo’lak – sifat.
a) tobe bo’lak asliy sifatlar: ozarbayjon tilida. mavi ko’k - moviy osmon, oltoy tilida dash ulus - yosh avlod, tatar tilida ak at, qozoq tilida. kok orman; bu keche;
b) tobe y so’z nisbiy sifat:
1) - lig’ // - lik shaklli birikmalar tuva,xakas,shor tillarida saqlangan: qanatlig kush (shor), tuva. taaralig’ sho’l (g’alla dalasi);
2) – li : o’zb. chiroyli shahar; turk. saqalli ihtiyar; ozarb. taravatli yapraklar;
3) – siz: o’zb. toshsiz tog’; qirg. sansiz mulk;
4) – ki: turk. dolapdaki kitaplar; tatar. dengizdagi utravlar ( dengizdagi orollar);
3) Hokim bo’lak – ot, tobe bo’lak – olmosh.
a) tobe bo’lak qarashlilik qo’shimchasini olgan olmosh: chuvash.piren anne (bizning anamiz),ozarb. benim adim;
b) tobe so’z ko’rsatish olmoshi: qoz. osi qiz, turkm. bu geje,o’zb. o’sha kuni;
s) tobe so’z belgilash olmoshi: qirg’. bardiq elder ( barcha xalqlar).
Turkiy tillarda belgilash olmoshlarining bari,barchasi shakli ko’p qo’llanadi: tatar. barliq,qirg’.bardiq, qoz. barsha,chuvash. pure.
tun-ikki kecha, onsh bitigi - uning xati; chuvash tilida chapl sho`v - ulkan daryo, ikkemesh ayx - ikkinchi oy, ku tel - bu joy kabi.
4) Hokim bo’lak – ot, tobe bo’lak - sifatdosh.
- gan: kelgen kese, o’tgan yil; - mish: gechmish yil(turk); - dik // - duq: kazilmadik ag’ach(turk),ekilmedik yer (turman),aldig’im kitab(ozarb.) – an: uchan gush(ozarb.),gelen ayi(turk); - r // - ar, - mas// - mes: oqar daryo.


Izofa.Tobelanish asosidagi birikmaning turkiy tillarda ko`p tarqalgan formalaridan biri aniqlovchi-aniqlanmish munosabatidir. Turkiy tillar aniqlovchi-aniqlanmish munosabati o`ziga xos xususiyatlarga ega. Aniqlovchi qaratqich kelishigi formasidagi so`z bo`lganda egalik affiksi bilan qo`llanadi: bizim kitobimiz, tatar ilida aniq atas, qoraqalpoq tilida. menen ati, turkman tilida. menin ishim, oltoy tilida. onin bitigi - uning xati.
Qaratqich kelishigi paydo bo`lgungacha bu xil birikmaning modeli min at – (mening otim) qo`llanilgan.56
Turkiy tillarda sifatlovchi sifatlanmishga bitishuv usuli bilan tobelanadi: kok orman - yashil o’rmon (qozoq). ak at (tatar), a:r tanak-ogir chana (shor), xura laja - qora ot (chuvash), dash ulus - yosh avlod (altoy), kuchli ot (o’zbek) kabi.
Bu xil birikmalar hamma turkiy tillarda mavjud. Boshqa tip tillarning kuchli ta'siriga uchragan qaraim tilida sifatlovchi bilan sifatlanmishning o`zaro moslashuvi onda-sonda uchraydi57.
Turkiy tillarda aniqlovchili birikmaning izofa turi mavjud. Uning uch tipi bor:

Download 357.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling