1. Molekulalar haqidagi tushunchalar Molekulalarning hosil boʻlishi
Rasm-Molekulaning bog’lanish karraligi va bog’lanish uzunligi orasidagi munosabat
Download 54.71 Kb.
|
Komiljon13
Rasm-Molekulaning bog’lanish karraligi va bog’lanish uzunligi orasidagi munosabat.
Molekulaning o’lchami kichik bo’lgani tufayli, juda kichik hajmda ham molekula nihoyatda ko’p miqdorda mavjud bo’ladi. Masalan, 0,1 millilitrli suv tomchisida 1015 dona molekula bor ekan. 1865 yilda avstraliyalik olim Loshmidt Iogani Yozif 1 sm3 havoda 2,7·1019 ta molekula borligini aniqlagan. Molekula o’lchamining aniqlash usullari ko’p: diffuziya, issiqlik o’tkazuvchanlik, gazlarning yopishqoqligi, rentgenografik, elektrografik va h.k. Shunga qaramasdan, olingan natijalar katta aniqlikka ega emas. Buning asosiy sababi shundaki, molekulalarda ham, xuddi atomlardagidek, ularni tashkil qiluvchi elektronlar bulutlarining qat’iy chegaraga ega emasligidir. Atomning radiusi deganda yadrodan to elektron bulutini 90%–98% ni o’z ichiga olgan masofa tushuniladi. Odatda, molekulaning o’lchami deganda uni tashkil qiluvchi atomlar o’lchamlarining additiv yig’indisi olib qaraladi. Additivlik har doim ham bajarilmaydi, chunki molekulani tashkil qiluvchi atomlar orasidagi ta’sir har xil bo’lishi mumkin. Turli modda molekulalarining shakli va o’lchami har xil. Agar modda molekulasini tashkil qiluvchi atomlar bir to’g’ri chiziqda joylashgan bo’lsa, bunday molekulalarga chiziqli molekulalar deyiladi. Agar molekulani tashkil etuvchi atomlar bir to’g’r chiziqda yotmasa, bungay molekulalarga chiziqli bo’lmagan molekulalar deyiladi. Atomlarning joylashishiga qarab, molekulalar shar shaklida, ellips, piramida va ko’p boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Bular hammasi ko’p atomli molekulalarga tegishli, chunki barcha ikki atomli molekulalar chiziqli shaklda bo’ladi. Tabiiyki, molekuladagi atomlar soni oshib borishi bilan molekulaning o’lchami ham ortib boradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bog’lanish karraligi qancha ko’p bo’lsa, bog’lanish uzunligi shuncha kichik bo’lib, bog’lanish o’zi esa shuncha mustahkam bo’ladi. Atrofimizni o’rab turgan barcha jismlar kichik–kichik zarrachalardan tashkil topgan. Bu kichik zarrachalarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruh zarrachalari – hamma moddalar uchun o’zgarmas xususiyatga ega bo’lgan zarrachalar: proton, neytron, elektron va shunga o’xshagan zarrachalar bo’lib, barcha moddalar uchun bir xil zaryad va massaga egadirlar. Ikkinchi guruh zarrachalari – har bir modda uchun xos bo’lgan zarrachalar: atom, molekula, ion–har bir modda uchun xarakterli bo’lib, faqat shu moddaning xususiyatini ifodalaydilar. Tabiatda atomar holatda uchraydigan moddalar oz. Ko’pchilik moddalar molekulyar shaklda bo’ladi. Download 54.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling