1. Molekulalar haqidagi tushunchalar Molekulalarning hosil boʻlishi


Download 54.71 Kb.
bet2/11
Sana16.06.2023
Hajmi54.71 Kb.
#1493439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Komiljon13

1. Molekulalar haqida tushunchalar
Molekula – lotincha «molekula» so’zidan olingan bo’lib, kichraytirish demakdir, «moles» – esa massa, modda molekulasining massasidir. «Molekula» so’zini fanga birinchi bo’lib 1647 yilda Pyer Gassendi (1592–1655) kiritgan. Uning fikriga binoan, so’zlar harflardan iborat bo’lgani kabi, molekula ham xuddi shunday atomlardan tashkil topgan. Molekulaning mavjudligini tajribada 1906 yilda fransuz olimi Jan Perey Bagist (1870–1942) topgan. Yuqorida keltirilganlarga asoslanib, hozirgi vaqtda molekulaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Molekula berilgan modda xususiyatlariga ega bo’lgan, shu moddaning kichik zarrachasi bo’lib, ushbu zarrachalar o’zaro kimyoviy va fizikaviy bog’lanishlar orqali bog’langan atomlardan tuzilgan. Molekulada atomlar soni ikkita, uchta, yuzta, mingta va undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Agar molekula ikki atomdan tashkil topgan bo’lsa, bunga ikki atomli, qolganlari esa ko’p atomli molekula deyladi. Ba’zan inert gazlarning atomlarini bir atomli molekula deb yuritadilar, bu esa uncha to’g’ri emas. Bularning sababini keyinroq ko’rib o’tamiz. Agar molekulada ming yoki undan ko’proq bir xil takrorlanuvchi guruhlar bo’lsa, u holda bunday molekulaga makromolekula (katta molekula) deyiladi. Agar molekula bir xil atomlardan tashkil topgan bo’lsa (H2, O2, N2, Cl2, …), bunday molekulalarga gomeopolyar, agar har xil atomlardan tuzilgan bo’lsa (NaCl2, HF, CO2, C6H6, CH3OH, …), geteropolyar molekula deyiladi. Molekulaning o’lchamlari nihoyatda kichik. Shuning uchun eng kuchli optik mikroskop bilan ham ko’pchilik modda molekulalarini kuzatib bo’lmaydi. Elektron mikroskop yordamida makromolekulalarni kuzatsa bo’ladi. Molekulaning naqadar kichikligini tasavvur qilish maqsadida odatda, quyidagi taqqoslashdan foydalaniladi: bitta olma Yer shariga nisbatan qancha kichik bo’lsa, bitta molekula shu olmaga nisbatan shuncha marotaba kichikdir. Hisoblashlar shuni ko’rsatadiki, vodorod molekulasi tabiatda uchraydigan eng kichik molekula ekan. Uning diametri 1,2108sm, boshqa element molekulasining o’lchami bundan katta. Masalan, suv molekulasining o’lchami 3108sm. Molekuladagi atomlar soni osha borishi bilan molekulaning o’lchami ham kattalasha boradi. Molekulaning o’lchamini undagi atomlar soni, ularning o’zaro joylashishi, shu atomlar bir–biri bilan qanday bog’lanish orqali bog’langanligi belgilaydi. Misol uchun, bog’lanish karraligi qancha ko’p bo’lsa, molekula shuncha mustahkam bo’ladi, bog’lanish uzunligi esa kamayadi.


Download 54.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling