1. Molekulalar haqidagi tushunchalar Molekulalarning hosil boʻlishi


Rasm- Ionlar o’zaro ta’sir potensial energiyasining yadrolar orasidagi masofaga bog’liqligi


Download 54.71 Kb.
bet7/11
Sana16.06.2023
Hajmi54.71 Kb.
#1493439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Komiljon13

Rasm- Ionlar o’zaro ta’sir potensial energiyasining yadrolar orasidagi masofaga bog’liqligi.
Ana shu itarish kuchlari ionlar orasidagi masofa juda kichik bo’lganda katta qiymat oladi vamasofa oshishi bilan juda tez kamayadi. Ma’lum masofada ana shu ionlar o’rtasidagi tortishish va itarish kuchlari tenglashadi, natijada r = r0 bo’lganda potentsial energiya minimum qiymatga ega bo’ladi va shunda turg’un molekula vujudga keladi.
Kovalent bog’lanish orqali molekulaning hosil bo’lishi. Gomeopolyar molekulalarda atomlarni molekulada ushlab turuvchi kuchlarni ionli bog’lanish asosida tushuntirib bo’lmaydi (H2,O2,N2…), bu yerdagi har bir atom o’zaro teng. Bu molekulalarning hosil bo’lishini quyidagicha tushuntirish mumkin. Bizga ma’lumki, ikkita bir xil zaryad bir–birini itaradi. Agar ana shu bir–birini itarib turuvchi zaryadlar o’rtasiga teskari zaryadli zarrachani joylashtirsak, ko’rilayotgan holda elektronni, u holda zaryadlarni bir–biriga yaqinlashtiruvchi kuch paydo bo’ladi. Manfiy zaryadga musbat zaryadlar tomonidan ta’sir qiluvchi kuchlar o’zaro tenglashadi. Ana shunda atomlarni molekulada ushlab turuvchi kuchlar, ya’ni kovalent bog’lanish vujudga keladi. Agar buni H2 va F2 molekulalari misolida olib qarasak, u holda quyidagi ko’rinishda bo’ladi. Bu yerda atomlardan molekula hosil bo’lganida har bir atomdagi ichki elektron o’zlariga tegishli bo’lib qolib, atomlarning tashqi orbitasidagi elektronlari har ikkala atom atrofida aylana boshlaydi.

Rasm-H2 va F2 molekulalar misolida kovalent bog’lanishning vujudga kelishi.
Atomlarning tashqi orbitasidagi elektronlar teng huquqli bo’lib, bu atomlar o’zlarining elektronlari bilan almashgandek bo’lib qoladi. Shuning uchun bunday ta’sirga almashinish ta’sirideyiladi va shu elektronlar atomlarning molekulada birlashtirib turadi. H2 molekulasi ionlashganda ham (H2+), ya’ni orbitasidagi bitta elektronni yo’qotganda ham, qolgan bitta elektron har ikkala yadroga tegishli bo’lib, shu yadrolarni molekulada saqlab qolishga sababchi bo’ladi. 1916 yilda Lyuis atom va molekulalarning elektron tuzilishini solishtirib quyidagi xulosaga keldi: atomlardan kimyoviy yo’l bilan molekula hosil bo’lishda asosan 2 ta elektron ishtirok etadi. Hosil bo’lgan bir juft elektron har ikkala ta’sir qiluvchi atomlarga tegishli bo’lib qoladi. Bunday bog’lanishga kovalent bog’lanish deyiladi. Agar har bir valent elektronni nuqta (.) bilan belgilasak, u holda kovalent bog’lanishni rasmda ko’rsatilgandek ifodalash mumkin. Ikki karrali bog’lanishga 4 ta elektron, uch karrali bog’lanishga 6 ta elektron ishtirok etadi. ...C2H4… bu yerda bitta ikkilamchi bog’lanish (C = C) va 4 ta birlamchi bog’lanish (C–H) ishtirok etadi; (C2H2) da bitta uchlamchi C ≡ C va 2 ta birlamchi C – H bog’lanish ishtirok etadi.

Download 54.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling