1. Molekulalar haqidagi tushunchalar Molekulalarning hosil boʻlishi


Download 54.71 Kb.
bet8/11
Sana16.06.2023
Hajmi54.71 Kb.
#1493439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Komiljon13

Kovalent bog’lanish nazariyasi. Ikkita atom orasida kovalent bog’lanish hosil bo’lishi uchun:
Bu atomlarning valent elektron bulutlarining fazoda qisman bo’lsa ham o’zaro ustma–ust tushishi kerak. Shu o’zaro ustma–ust tushish sohasi qancha katta bo’lsa, bog’lanish shuncha mustahkam bo’ladi.

Rasm-Kovalent bog’lanish.

2. Agar shu o’zaro ustma–ust tushuvchi orbitalarda ikkita spinlari o’zaro antiparallel bo’lgan elektronlar joylashsa, o’sha vaqtda bog’lanish hosil bo’ladi. Agar spinlari o’zaro parallel bo’lsa, elektronlar o’rtasida itarish kuchlari vujudga keladi va bog’lanish hosil bo’lmaydi.
3. Kovalent bog’lanish elektronlarning yadrolar bilan o’ziga xos ta’siri natijasida vujudga keladi. Aytilganlarga muvofiq vodorod atomi uchun kovalent bog’lanish ikkita 1S–orbitalarning o’zaro qisman bo’lsa ham ustma–ust tushishidir, bunda ikkita elektronlarning spinlarini o’zaro kompensatsiyalaydilar, ya’ni spinlar anti paralleldirlar. Shunday molekulalar borki, ularda ionli va kovalent bog’lanish ishtirok etadi. 1.13.–rasmda keltirilgan SS, σS, σσ, Sπ – bu paytlarda σ–bog’lanish vujudga keladi. Bu bog’lanishlarda bitta bosh simmetriya o’qi bo’lib, u yadrolar markazidan o’tadi. Biror bir atomni shu o’q atrofida aylantirganimizda orbitallarninng o’zaro ustma–ust tushish maydoni va unga mos ravishda bog’lanish energiyasi o’zgarmaydi. P–orbitallarning o’zaro maksimal ustma–ust tushishi shu sakkizlarning o’zaro parallel joylashishida hosil bo’ladi.

Rasm-Ionli va kovalent bog’lanish.
Bunday o’zaro ustma–ust tushish π–bog’lanishga mos keladi. π–bog’lanish atomlarni valent P–orbitallariga mos kelganligi uchun, unga π–orbitallari deyiladi. π–bog’lanish simmetriya tekisligiga ega. Ikkita atom orasidagi birlamchi bog’lanish σ–bog’lanish, ikkilamchi bog’lanish ham σ – bog’lanish bilan, birga π–bog’lanish ham yordamchi (dublyor) bog’lanish sifatida ishtirok etadi. Uchlamchi bog’lanishda bitta σ–bog’lanish va ikkita o’zaro perpendikulyar bo’lgan π–bog’lanish ham ishtirok etadi. O, S, N kabi atomlarda n elektron bo’lib ular bog’lanishda ishtiroq etmaydilar. Ba’zan kimyoviy bog’lanishlarda CH2 = CH – CH2 ko’rsatkichlar yoziladi, bu ko’rsatkich ko’rilayotgan holda ikkilamchi π–bog’lanishdagi spinlar paralelligining buzilishini va kelib qo’shilayotgan birlamchi bog’lanishdagi spinlarning qisman kompensatsiyasini hamda qisman π–bog’lanish hosil bo’lganini ifodalaydi.



Download 54.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling