1. Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozorining Angalosakson modeli
Qatnashchilarning manfaatlarini ta’minlanganligi xarakteri bo'yicha
Download 245 Kb.
|
1-mavzu Moliya bozorining nazariy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Masshtabi boyicha
- 10. Infratuzilma boyicha
- Qimmatli qog‘ozlar bozori
6. Qatnashchilarning manfaatlarini ta’minlanganligi xarakteri bo'yicha:
- emitentlarning manfaatlariga yo'naltirilgan bozor; - investorlar manfaatlariga yo'naltirilgan bozor; - professional institutlar manfaatlariga yo'naltirilgan bozor. 7. Moliyaviy instrumentlami yetkazish xarakteri bo'yicha: -spot (kassaviy) bozori, unda xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi o'zaro hisob-kitob 1-3 kun ichida to'g'ridan to‘g‘ri (ya’ni «to‘lov asosida yetkazish» tamoyili asosida) amalga oshiriladi; -muddatli bozor, unda hisob-kitob operatsiya si shartnomada (odatda, derivativlarning parametrlari bo'yicha) belgilangan muddatda bajariladi. 8. Masshtabi bo'yicha: - milliy bozor (mamlakat ichida faoliyat ko'rsatuvchi); - regional (hududiy, mintaqaviy) bozor (masalan, yevrobozor); - moliyaviy globallashgan jahon (xalqaro) bozori. 9. Tovar xususiyati bo'yicha: - sug'-urta instrumentlari (polislar) bozori; - bazaviy qimmatli qog'ozlar (aksiya va obligatsiyalar, sertifikatlar va h.k.), ya’ni ulush va qarz munosabatlariga asoslangan qog'ozlar, bozori; - qimmatli qog'ozlarning xosilalari (derivativlar: optsion, fyuchers, svop, forvard, depozitar tilhatlar, depozitar aksiyalar) bozori; - ipoteka va sek’yuritizatsiya bozorlari; - pul va pul asosli instrumentlar (valyutalar, SDR14, ssuda, kredit, bank kartochkalari, lotereyalar va h.k.) bozori. 10. Infratuzilma bo'yicha: - funktsional tuzilmasi, bozorni (segmentlari, turlarini) o'z funktsiyalarini bajarishi; - institutsional (operasion) tuzilmasi, bozor qatnashchilarining faoliyat turlarini amalga oshirishi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorining bir necha turlari amal kilib, ular faoliyatlari bo‘yicha turkumlanadi. Hozirgi davrda moliya bozorining quyidagi turlari mavjud: 1. Qimmatli qog‘ozlar bozori. Qimmatli qog‘ozlar bozori savdo kapitalining rivojlanishi tufayli paydo bo‘lgan. Ko‘pgina Gʻarb davlatlarida u hujalik mexanizmining eng barqaror qismi bo‘lib hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar bozori birjalar va birjadan tashqaridagi savdo-sotiqlarda uzoq davrlardan beri tashkil qilinib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi va MDX respublikalarida qimmatli qog‘ozlar bozori davlat korxonalarining xususiylashtirilishi jarayoni bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ldi. Bu bozor boshka bozorlardan o‘z tovarlari bilan farqlanib, unda faqat qimmatli qog‘ozlar muomalasi amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlar bozori - bozor iqtisodiyotini asosiy elementlaridan biri, moliya bozorining bir qismi hisoblanib, fondlarni yig‘ib, ularni moliyaviy aktivlarga aylantirib, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun sarmoya sifatida yo‘naltirishga xizmat qiladi. Qimmatli qog‘ozlar bozori bank krediti tizimini to‘ldiradi va u bilan uzaro harakat qiladi. Tijorat banklari kreditni ma’lum muddatga bersa, qimmatli qog‘ozlar bozori ishlab chiqaruvchilarga ko‘plab pul mablag‘larini hohlagan muddatlariga bank kreditidan foydaliroq shartlarda jalb qilish imkoniyatini beradi. Qimmatli qog‘ozlar bozori, boshqa bozorlar kabi oldi-sotdi bo‘yicha vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar sistemasini ifodalaydi va bu yerda talab va taklif uzaro to‘qnashadi. Hozirgi davrda bu bozor rivojlanib bormoqda, uning savdolari fond birjalarida amalga oshirilmoqda. Ko‘plab hissadorlik jamiyatlari, moliyaviy kompaniyalar, investisiya fondlari, tijorat banklari, chet el kompaniyalari unda ishtirok etmoqdalar. Download 245 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling