1. Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozorining Angalosakson modeli
Moliya bozorining Angalosakson modeli va Kontinental (nemis) modeli
Download 245 Kb.
|
1-mavzu Moliya bozorining nazariy asoslari
2. Moliya bozorining Angalosakson modeli va Kontinental (nemis) modeli.
Jahon amaliyotida moliya bozorining anglo-sakson, kontinental (german, nemis), ularni gibridi, islom modellarini ajratish mumkin. Bu modellarning barchasi ushbu kitobning I bobida keltirilgan moliya bozorining nazariy-konseptual modellariga asoslanadi. Ma’lumki, ular qaysi mamlakatga oid ekanligi, uni rivojlanganligi darajasi, undagi jamiyat tomonidan tanlangan ijtimoiy-iqtisodiy model va mavjud mentalitetga (tradisiyalarga) hamda ulardagi omillarning (ichki va tashqi) ta’siri qonuniyatlari va darajasi hamda boshqa belgilarga qarab farqlanadi. Lekin modellarning barchasi qaysi mamlakatda bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zlarining iqtisodiyotdagi va globallashuv sharoitlaridagi roli va funktsiyalarini ma’lum darajada bajaradi. Masalan, industrial mamlakatlarda moliya bozorining asosan anglo-sakson va (yoki) kontinental modellari bo‘yicha tuzilganini, ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda esa gibrid yoki anglo-sakson yoki kontinental (germancha) modelni, musulmon davlatlarida - islom modelini ko‘rish mumkin. Jumladan, o‘tish iqtisodiyotiga mansub davlatlarda ko'proq gibrid modelni kuzatish mumkin, ammo ularning infratuzilmasi samaradorligi bo'yicha industrial mamlakatlar modellariga hozircha tenglasha olmaydi. Bunda aytish joizki, bu mamlakatlarda moliya bozorlarining shakllanish xususiyatlari ko‘p jihatdan ulardagi ta’sir etuvchi omillarga va mavjud rivojlanish sharoitlariga bog‘liqligini kuzatish mumkin. Umuman olganda har qanday mamlakatning moliya bozori modeli unda tashkil topgan mulkchilik tizimi tuzilmasi va ta’sir etuvchi fundamental omillar asosida shakllangan va rivojlanib boradi. Hozirda mavjud modellarning ichida eng rivojlangan, hajmli va mukammali anglo-sakson modeli hisoblanadi. Moliya bozori modellarini ikki guruhga ajratish mumkin: 1) moliyalashtirishning qarz usulini (qarz munosabatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi moliyaviy instrumentlar yordamida) ulush kiritish usulidan (Aksiyadorlik kapitalini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar) ustunligi bilan tavsiflanuvchi model (bunda yirik institutsional investorlar ustun); 2) moliyalashtirishning ulush kiritish usulini qarz usulidan ustun- ligi biian tavsiflanuvchi model (bunda Aksiyalar bozori tarmoqiy tuzilmaga ega, chakana mayda investorlar ustun). Moliya bozori modellarini nazariy jihatdan quyidagi belgilar negizida ajratish mumkin: mamlakat iqtisodiyoti modelini tuzilishi; mamlakat aholisining tradision ma’naviy boyliklari ukladi. Har ikkala belgi asosida modeliar tavsifini alohida ko‘rib chiqamiz. ¤ Mamlakat iqtisodiyoti modelini tuzilishiga asoslangan moliya bozori modellari Download 245 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling