1. Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozorining Angalosakson modeli


Rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarga xos moliya bozorining gibrid (aralash tuzilmali) modellari


Download 245 Kb.
bet12/15
Sana08.03.2023
Hajmi245 Kb.
#1249450
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-mavzu Moliya bozorining nazariy asoslari

Rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarga xos moliya bozorining gibrid (aralash tuzilmali) modellari. Bunday modellarda asosan ko‘pukladli iqtisodiyotga xos muammolar mavjud bo‘ladi. Iqtisodchilar bu muammolami pay do bo'lishini ushbu mamlakatlarda turlicha olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijalari va ularga ta’sir etuvchi ko‘pgina omillar bilan bog'laydilar. Muammolarning ichida sezilarlisi - Aksiyadorlik kapitalida mulkchilik tuzilmasini shakllanishi jarayoni hisoblanadi. Bu jarayonda Aksiyalarning katta paketi asosan davlat, xorijiy strategik investorlar, kompaniya mehnat jamoasi, affilior shaxslari va administrasiyasida mujassamlashib qoladi. Natijada kompaniyaning korporativ boshqaruv mexanizmi, investitsion va emission siyosatlari samarasizlashadi, moliya bozorida esa ko'proq moliyalashtirishning qarz usulini ulush kiritish usulidan ustunligi ustuvor xarakterga ega bo'ladi, aksiyalar bozori sust rivojlanadi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ko‘pchiligida moliya bozori kontinental modelga moslashgan bo'lib, ularda asosan banklar katta rol o'ynaydi. Boshqalarida esa anglo-sakson va kontinental modellarning elementlari aralash mavjud.
Moliya bozorining aralash modelini 55-dan ortiq mamlakatda kuzatish mumkin: Isroil, lordaniya, Xitoy, Koreya, Livan, Ummon, Tayvan, Namibiya, Bolgariya, Vengriya, Latviya, Litva, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, sobiq Yugoslaviya davlatlari, Boliviya, Kayman Orollari, Urugvay, Chili, Qzarbayjon, Armaniston, Belarussiya, Ukraina, Qozog'iston, O'zbekiston kabilar.
Horijiy banklarning sho‘’ba kompaniyalari ishtirok etuvchi aralash brokerlik bozorlarga 12 mamlakatni kiritish mumkin: Hindiston, Pokiston, Tailand, Filippin, JAR, Gretsiya, Ruminiya, Argentina, Braziliya, Venesuela, Meksika, Peru.
Horijiy banklarning sho‘’ba kompaniyalari ishtirok etmaydigan aralash brokerlik bozorlarga 15 mamlakatni kiritish mumkin: Quvayt, Baxreyn, Malayziya, Mongoliya, Shri-Lanka, Botsvana, Gana, Kipr, Makedoniya, Bermud Orollari, Kolumbiya, Salvador, Ekvador, Yamayka.
¤ Mamlakat aholisining traditsiyalari va ma’naviy boyliklariga asoslangan moliya bozori modellari

Download 245 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling