1. Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozorining Angalosakson modeli


Yapon traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modeli


Download 245 Kb.
bet14/15
Sana08.03.2023
Hajmi245 Kb.
#1249450
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-mavzu Moliya bozorining nazariy asoslari

Yapon traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modeli. Ushbu traditsiya quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • insonlami pog‘onalilikka intilishi, o'zidan yuqori pog‘onada turgan shaxsga sodiqlik (davlat tuzilmasi yoki biznesda);

  • bir kompaniyada o'troqlik (butun hayot mobayniga yollanish tizimi);

  • Vasiylikka muhtojlik;

  • personal manfaatlarini aksiyadorlamikidan yuqori qo'yish («korporasiya-oila», sezilarli oshib boruvchi mehnat haqi va ijtimoiy to'lovlar tamoyili asosida);

-yaqqol kollektivizm, jamiyatga o‘ta tobelik, o‘zini moddiy cheklash («halol kambag‘allik», ishga fidoiylik etikasi), Yaponiyani dunyodagi alohida missiyasini oshirish;

Moliya bozorining Yapon modelini AQSh modelidan keyingi o‘ringa qo'yish mumkin. Ularning ikkalasi islom moliya bozorlaridan ustun.
Germaniya traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modeli. Diniy e’tiqodlarning farqliligiga qaramasdan, Germaniya va Yaponiya modellarining o'hshash taraflari mavjud. Sabab, bu mamlakatlarda aholining iqtisodiy qarashlari ko‘p jihatdan mos kelishidir. Germaniya halqi boshqalardan farqli bir muncha xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilami kiritish mutnkin:
-praktisizm, ierarxiklik, o‘ta mehnatkashlik, ijtimoiy himoyaga, risksizlilikka va jamg‘armaga moyillik. Anglo-sakson modelida esa mobillikka, ixtirochilikka, risklilikka, opportunizmga, agressivlikka, o‘zgarishlarga moyillik ko'proq seziladi;
- kompaniya rahbariyati tomonidan personal manfaatlarini Aksiyadorlamikidan yuqori qo'yilishi, kompaniya menejmentini Aksiyalar kursini va ular bo'yicha yuqori dividendlar to‘lovlarini oshirishga yo‘nalganligi. Bunda korporativ boshqaruvning germancha modelida ko‘proq kompaniyaning manfaatlari Aksiyadorlarga xizmat ko'rsatishdan ustun qo‘yilgan. Korporativ boshqaruvning anglo-sakson modelida esa korporatsiya va aksiyador tushunchalari, ularning manfaatlari va huquqlari bir biriga tenglashtirilgan,
Germaniya modelida aksiyalar bozori ustun emas, ko'proq qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi belgilangan foizli qog'ozlar va sug‘urta polislari aholini qiziqtiradi. Germaniya moliya bozorida banklarning o‘rni traditsion hisoblanadi.



Download 245 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling