1. Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozorining Angalosakson modeli


Liberal iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli


Download 245 Kb.
bet11/15
Sana08.03.2023
Hajmi245 Kb.
#1249450
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-mavzu Moliya bozorining nazariy asoslari

Liberal iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli. Ma’lumki, liberal iqtisodiyot ijtimoiy va iqtisodiy hayotga davlatning cheklangan aralashuvi, bozor munosabatlari sohasini kengligi, davlat mulkini qisqarishi, bozorlami raqobat uchun ochiqligi, bozor faoliyatiga turli cheklashlami kamligi, narx-navo va foiz stavkalari ustidan administrativ nazoratni kuchsizligi, bojxona bojlarini pastligi, markazlashgan dotasiyalash sohasi va subsidiyalanadigan kreditlami qisqarishi va h.k. bilan xarakterlanadi. Liberal iqtisodiyot moliya bozorining turli model- larida mavjud (anglo-sakson, germano-frantsuz, yapon, shved, fin, ispan va h.k.) bo‘lib, ularda davlatning roli, mulkchilik tizimi tuzilmasi, real sektomi moliyalashtirish va hokazolar farqlanadi. Bunday sharoitlarda industrial mamlakatlarning moliya bozorlari ochiqligi, yuqori darajada rivojlanganligi, globalligi bilan xarakterlanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning moliya bozorlari esa rivojlanishning tez sur’atlarga erishgan bo'lsalarda, rivojlangan mamlakatlarning bozorlariga ochiqligi va globalligi bo'yicha nisbatan pastroq pog'onada turadilar. Bunga sabab, rivojlanayotgan mamlakatlarning yuqorida ko‘rsatilgan rivojlanish xususiyatlari va sharoitlaridir.
Ko'p ukladli iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli. Har qanday mamlakat iqtisodiyotida yuqorida keltirilgan modellarning elementlari (unsurlari) mavjud bo‘lib, ular moliya bozorining roli va funktsiyalarini ma’lum darajada cheklashi yoki kengaytirishi mumkin. Masala shundaki, qanday model qaysi mamlakatda ustuvorlik qiladi.
Iqtisodiyotning ko'p ukladliligi ayniqsa o‘tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarda (masalan, Markaziy va Sharqiy Evropa va MDH mamlakatlarida, Mo‘g‘iliston, Xitoy va jumladan O'zbekistonda) namoyon bo'lgan. Bu mamlakatlarning iqtisodiyotlari va moliya bozorlari modellarini o'tish davri sharoitlarida bir hil bo'lishi mumkin emasligi aniq. Iqtisodiy modellari eklektikdir. Bunga sabab, ularda o'tish davri bilan bog‘liq ko‘p muammolar hanuzgacha mavjudligi. Masalan, mulkchilik tuzilmasini shakllanishi, siyosiy va ideologik o‘zgarishlami nihoyasiga yetmaganligi, ichki bozomi ochilishida tashqi raqobatning kuchliligi, bozorni yuqori volatilligi va h.k. Unda dominantlar kam namoyon bo'lgan, proteksionizm va davlatning roli kuchli, direktivlilikdan ochiq bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayoni ssiklik (davriy) xarakterga ega. Bu jarayonda fundamentalistik va shovinistik g'oyalarga og'ishlar, alohida milliy tus berilgan rivojlanish yo'lini targ‘ibot qilish, alohidalik kabi risklar va holatlar mavjud bo‘ladi. Iqtisodiyotning ko‘pukladliligi moliya bozoriga keskin ta’sir ko'rsatadi.

Download 245 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling