1. Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozorining Angalosakson modeli


Download 245 Kb.
bet8/15
Sana08.03.2023
Hajmi245 Kb.
#1249450
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
1-mavzu Moliya bozorining nazariy asoslari

2. Kapital bozori. Bu bozorda jismoniy va yuridik shaxslarning uzoq muddatli omonatlarini moliyaviy vositachilar investision kredit sifatida ishlatadilar. Bu omonatlar uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar bilan birgalikda kapital bozorida oldi-sotdi qilinadi. Bunda omonatchilar o‘z mablag‘larini omonat sifatida moliyaviy institutlarga, ya’ni tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, har-xil moliyaviy fondlar va hokazolarga qo‘yadilar.
3. Pul bozori. Fondlar faqat uzoq muddatli investisiyalargagina emas, balki qiska muddatli qimmatli qog‘ozlar - qisqa muddatli xazina majburiyatlari, veksellar va hokazolarga qo‘yilishi mumkin. Fuqarolar va yuridik shaxslarning qisqa muddatli omonatlari pul massasining boshqa elementlari (naqd va naqd pulsiz mablag‘lar yig‘indisi) birgalikda pul bozorini tashkil qiladi. Pul bozori Markaziy Bankning pul-kredit siyosatini o‘tkazish ob’yekti hisoblanadi. U kredit muassasalari aktivlari bilan savdo qilishga muljallangan va Markaziy bankda kredit muassasalarining muhim rezerv mablag‘i sifatida xizmat qiladi. Demak, Markaziy bank boshqa banklarning kredit berishiga tayyorligiga va shuningdek kreditlar buyicha prosentlar mikdoriga va omonatlar buyicha prosent stavkalariga, aktivlarni arzon va qimmat qilish, ularni ko‘paytirish yoki qisqartirish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatadi.
Pul bozori davlat xazinasiga naqd pul kelib tushishi, korxona va firmalarga, jismoniy shaxslarga vaqtincha bo‘sh pullari uchun daromad olishlari imkoniyatini beradi. Biz yuqorida kurib chiqqan moliya bozorining turlari rasmiy ravishdagi bozorlar bo‘lib, bulardan tashqari norasmiy moliya bozorlari xam amal qiladi.
Moliya tizimi yetarli darajada rivoj topmagan mamlakatlarda, bozor iqtisodiyotiga endi kirib kelinayotgan davrlarda pulning qadrsizlanishi - inflyasiya, tulov balansida tengsizlik holatlari bo‘ladi. Shu bilan birga moliyaviy operasiyalarning anchagina qismi norasmiy moliya bozorlari orqali amalga oshadi. Ular har-xil shakllarda amalga oshib, fuqarolarning uzaro bir-birlariga ssuda - krediti berishlari, birjadan tashqaridagi oldi-sotdilar ko‘rinishida bo‘ladi. Bu yerda bozorning ob’yekti chet el valyutalari bo‘ladi. Bunday bozorlar pul-kredit tizimi, tulov balansi, solikka tortish soxalaridagi masalalarning yechilishi va erkin valyuta bozorining shakllanishi bilan bog‘liq. Shunday qilib, Moliya bozorining asosiy vazifasi ko‘plab investorlar - sarmoyadorlarning bush pul resurslarini yg‘ish va ularni iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohalariga yo‘naltirish mexanizmi bo‘lib qolishdir. Hozirgi kunlarda ko‘pgina tarmoqlar, korxonalar investisiya resurslari oqimiga muhtojdirlar. Yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish, jixozlarni modernizasiya qilish, ularning maxsulotning eksportbop turlarini ishlab chiqarishni ta’minlashlari uchun ko‘plab mablag‘larni jalb qilish lozim. Buning uchun moliya bozoridan foydalanishni yaxshi o‘rganish kerak. Xozirgi davrning ustivor vazifalaridan biri - qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini rivojlantirishdan iborat. Buning uchun aksiyalarning ikkilamchi va undan keyingi emissiyalarini chiqarish, qimmatli qog‘ozlarning yangi turlari va ularning bozorini tashkil qilish kerak.



Download 245 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling