Moliya bozorining tuzilmasi, tarkibiy qismlari va qatnashchilari
Moliya bozorining mazmun-mohiyati va xususiyatlaridan kelib
chiqib, uni quyida ko‘rsatilgan model yordamida ifodalash
mumkin. Bu model oltita bir-biri bilan uzviy bog‘langan quyidagi
unsurlardan iborat: moliya instrumentlarini muomalaga chiqaruvchi,
emitent (E), investor (I), professional (malakaviy) qatnashchi (PQ),
savdo tizimlari (ST), moliya bozorini tartiblashtiruvchi regulyatorlar,
ya’ni davlat regulyatori (DR), nodavlat regulyatorlar (NR). Bunda
regulyatorlar birgalikda moliya bozorini muvozanatiy tartiblashtirish
asosida uning barqarorligi va xavfsizligini ta’minlaydi. Nodavlat
regulyatori sifatida odatda o‘zini o‘zi muvofiqlashtiruvchi notijorat
institutlar tushuniladi.
Unsurlami shartli ravishda to'rt guruhga: savdo qatnashchilari, savdoni tashkillashiruvchilar, regulyatorlar va informatsion (reyting) agentliklarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga emitentlar (moliyaviy instrumentlami taklif qiluvchilar, sotuvchilar), investorlar (moliyaviy instrumentlarga resursiarini yo'naltiruvchilar, xaridorlar), professional qatnashchilar (investitsiya institutlari bo‘lmish brokerlar, dilerlar, treyderlar, anderrayterlar; banklar; sug'urta kompaniyalari; fondlar; xoldinglar; moliya-sanoat guruhlari va h.k.) kiradi. Ikkinchi guruhga savdoni tashkillashtiruvchi institutlar (birjalar, elektron savdo tizimlari, chakana savdo markazlari, fond do'konlari, valyuta almashtirish shahobchalari, maxsus auktsionlar, tarmoqlangan marketingli savdo tizimi va h.k.) kiradi. Uchinchi guruhga DR va NR kiradi (hozirda xalqaro regulyativ funktsiyaga ega institutlami ham nazarda tutish lozim). To'rtinchi guruhga moliya bozorini tahlil qilib, uning qatnashchilari, moliyaviy instrumentlarning va umuman bozoming sifat ko'rsatkichlarini oshkor etib, reklama qilib, belgilab boruvchi axborot tashkilotlari kiradi.
Moliya bozori tasnifi va turlari tavsifi.
Zamonaviy moliya bozori ko‘p qirraliligi bilan iqtisodiyotda alohida o‘ringa ega. Qirralarini idrok etish uchun uni tasniflash katta ahamiyatga ega. Chunki tasniflash u haqdagi tushunchalami o‘zaro bog‘liqligini, uning xossalari va xususiyatlarini, uni tashkiliy asoslarini, undagi jarayonlar va qonuniyatlami iqtisodiyot bilan bog‘ liqligini chuqurroq ochib berishga va tushunishga xizmat qiladi. Moliya bozorini quyidagi belgilar asosida tasniflash va tavsiflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |