1. Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozorining Angalosakson modeli


Markazlashgan (direktiv) iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli


Download 245 Kb.
bet10/15
Sana08.03.2023
Hajmi245 Kb.
#1249450
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-mavzu Moliya bozorining nazariy asoslari

Markazlashgan (direktiv) iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli. Direktiv iqtisodiyot pul oqimlari va xalqaro kapitallar bozorlariga integrasiyalashuvi nuqtai nazaridan yopiq hisoblanadi. Bunday iqtisodiyotning asosiy shiorlari markazlashtirishga qaratilgan bo‘lib quyidagilami anglatadi: «moliyaviy barqarorlashtirish», «pul resurslarini konvertasiyalash», «spekulyasiyani yo‘q qilish», «inqirozga yuz tutgan tarmoqlami davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash», «pul oqimlarini optimallashtirish», «yagona partiyaning hukmronligi va yo‘lboshchiligi». Bulardan asosiy maqsad - davlatga tegishli «buyruqbozlik direktiv cho'qqilami» kuchaytirishdan iborat. Natijada, markazlashgan iqtisodiyotda davlat mulki, markazlashgan tarzda xo'jalik qarorlarini qabul qilish, monobank tizimi hukmron bo'ladi. Monobank tizimida barcha pul resurslari va moliya-kredit munosabatlar davlatlash-tiriladi. Umuman olganda markazlashgan direktiv iqtisodiyotda erkin «moliya bozori» bo‘lmaydi, chunki uni davlat uchun keragi bo'lmaydi. Lekin shunga qaramasdan davlatning nobozor obligasiyalari (uzoq muddatli, belgilangan narxli, foizli, yutuqli) davlat harajatlari maqsadlarida muomalaga chiqarilgani biian, obligasiyalar bozori to‘g‘risida gapirish mumkin emas.
Iqtisodiy o'sish pul mablag‘larini markazlashgan tarzda davlat manfaati uchun qayta taqsimlash, byudjet investitsiyalarini taqsimlash, rejali pul emissiyasi va inflyasiya evaziga belgilanadi. Barchasi davlatga tegishli bo‘lgan iqtisodiyot sub’yektlarining ortiqcha pul mablag'lari byudjet xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
Fundamentalistik (diniy) iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli. Bunday iqtisodiyotning yorqin namoyondasi Eron Islom Davlati hisob­lanadi (shu tufayli u haqda gap yuritamiz). Bu davlat Islom dini ideolo- giyasiga asoslangan rivojlanishning alohida milliy yo'liga qaratilgan bo‘lib, jahon bozori va industrial mamlakatlardan ajralgan holda moliya bozori modelini shakllantirgan va rivojlantirib kelmoqda. Uning iqtisodiyoti yopiq hisoblanadi.
Bunday iqtisodiyotning moliya sohasida byiidjet va Markaziy bankning roli gipertrofirlashgan, ustuvor tarmoqlami dotatsion kreditlash va byudjet tomonidan moliyalashtirish hukmronlik qiladi, foiz stavklarini subsidiyalash, kredit resurslarini markazlashgan tarzda taqsimlash, muammoli aktivlar va inflyatsiyani o'sishi kabi holatlar hukmronlik qiladi. Natijada moliya bozori bank kreditlari tomonidan ezilib siqib chiqarilgan, unda mayda chakana investorlar yo‘q. Umuman olganda moliya bozori infratuzilmasi rivojlanmagan, hududiy sektorlarga bo‘lingan, kapitalizatsiya darajasi past, risklar darajasi baland, moliya-bank tizimi past darajada rivojlangan. Diniy e’tiqod va yopiq iqtisod bo‘lganligi sababli obligasiya, valyuta va derivativlar bozorlari yo‘q. Aksiyalar bozorida hukumat agenlari hisoblangan institutsional investorlar yoki davlat banklari faoliyat yuritadi.

Download 245 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling