Jarayonlarning sinflanishi va rafinatsiya usullari: Yog’‘ning tarkibi, sifati va qo‘llanilishiga qarab turli rafinatsiya usullari ishlatiladi.
Asosiy jarayonlarning xarakteri va rafinatsiya jarayoniga reagentlar ta’siriga qarab, ular 3 guruhga bo‘linadi.
1.Gidromexanik (fizikaviy)
2.Fizik-kimyoviy (kimyoviy)
2 – jadval Rafinatsiya usullari klassifikatsiyasi
Jarayonlar
|
Rafinatsiya usullari
|
Asosiy maqsad
|
Gidromexanik
|
Tindirish, Sentrafugalash, Filtrlash
|
Suspenziyalarni yoki aralashmaydigan suyuqliklarni ajratish
|
Fizik-kimyoviy
|
Gidratlash
|
Fosfatidlar va boshqa gidrofill moddalarni ajratish
|
Muzlatish
|
YUqori haroratda eruvchi moddalarni ajratish
|
Neytrallash
|
Erkin yog’‘ kislotalarni olib tashlash
|
YUvish
|
Sovun va suvda eruvchi moddalardan tozalash
|
Quritish
|
Namligini chiqarib yuborish
|
Massa almashuvi
|
Oqartirish
|
Rang beruvchi moddlar, pigmentlardan hamda sovun qoldiqlarini yo‘qotish
|
Dezodoratsiya
|
Hid beruvchi moddalarni xaydab chiqarish
|
Distilyasion rafinatsiya (ishqorsiz)
|
Erkin yog’‘ kislotalari va hid beruvchi moddalarni chiqarib yuborish
|
Gidromexanik jarayonlarga quyidagi rafinatsiya usullari kiradi: tindirish, sentrifugalash, filtrlash.
Fizik-kimyoviy jarayonlarga esa: gidratatsiya, sovutish, neytrallash, yuvish, quritish usullari kiradi.
Massa almashuvchi jarayonlarga: oqlash, dezodoratsiyalash, distillyasiyali rafinatsiya (ishqorsiz) usullari kiradi.
Biroq, yuqorida berilgan rafinatsiya usullarining sinflanishi shartlidir. Hamma aralashmalarni 1 ta usul yordamida yo‘qotish mumkin emas. SHuning uchun amalda 1ta texnologik sxemaga birlashuvchi bir nechta usullar qo‘llaniladi. Masalan: oziq-ovqat uchun ishlatiladigan yog’‘larni rafinatsiya jarayoniga: cho‘ktirish----filtrlash---gidratatsiyalash---ishqorli rafinatsiya--- cho‘ktirish---- tindirish------sentrafugalash-----oqlash---dezodoratsiya usullari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |