1. Mudofaa sohasini boshqarish Davlat xavfsizligi sohasini boshqarish Ichki ishlar sohasini boshqarish
§. Ichki ishlar sohasini boshqarish
Download 153.5 Kb.
|
Mudofa sohasini boshqarish
3§. Ichki ishlar sohasini boshqarish
O`zbekiston Respublikasida ichki ishlar sohasini boshqarish O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Respublika Konstitutsiyasi va Respublika suvereniteti haqidagi Deklaratsiyaga muvofiq O`zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Vazirlik o`z huquqi doirasida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini muhofaza qilishni va jinoyatchilikka qarshi kurashni ta'minlaydi. U o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga va Hukumatiga bo`ysunadi. Vazirlik O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tuziladi va tugatiladi, so`ngra O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi oldida o`z zimmasidagi vazifalarning hal etilishi uchun javob beradi. Vazirlik o`z faoliyatida siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlaridan mustaqildir. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: respublika ichki ishlar organlari ishining strategik yo`nalishlarini belgilash; ichki ishlar organlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uni muvofiqlashtirish, ularga tashkiliy-metodik yordam berish va ular faoliyatining samaradorligini ta'minlash; ichki ishlar organlari, ichki ishlar vazirligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tizimining faoliyatida qonuniylikni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash; ichki qo`shinlarning jangovar va safarbarlik tayyorgarligini ta'minlash; jamoat xavfsizligini ta'minlash va jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash ishlarini tashkil etish; fan va texnika yutuqlarini, ijobiy tajribani, boshqaruvning progressiv shakllari va ish usullarini joriy etish; ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini ishlab chiqish; ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlashning yuqori saviyada bo`lishini ta'minlash; ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy kafolatlashni ta'minlash; uyushgan jinoyatchilik va poraxo`rlikka qarshi kurash ishlarini ta'minlash. Vazirlik o`z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda quyidagi prinsiplarga amal qiladi: kollegiallikni yakkaboshchilik bilan uyg`unlashtirish; qonunchilik, shaxsni hurmat qilish, baynalmilalchilik; oshkoralik; davlat organlari, jamoatchilik birlashmalari, mehnat jamoalari va aholi bilan birgalikda ish olib borish, jamoatchilik fikrini hisobga olish; ichki ishlar organlari xodimlarining milliy mansublik, til, o`troqlik belgilari bo`yicha huquqlarini cheklashga yo`l qo`ymaslik. Vazirlik faoliyatining huquqiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi: O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; O`zbekiston Respublikasining qonunlari; O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari; O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ aktlari; davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy va respublika organlari bilan ichki ishlar organlarining faoliyati sohasidagi o`zaro hamkorlik haqidagi bitimlar; O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining idoraviy normativ aktlari. Vazirlik huquqiy aktlar asosida va ularni bajarish uchun buyruqlar, ko`rsatmalar, yo`riqnomalar chiqaradi va qoidalar o`rnatadi. Vazirlikning o`z qaramog`iga kiritilgan masalalar bo`yicha normativ aktlari O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ichki ishlar organlari va ichki qo`shinlar tomonidan bajarilishi majburiydir. Zarur hollarda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda normativ aktlar chiqaradi. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat organlarini, jamoat birlashmalarini, mehnat jamoalarini, aholini va ommaviy axborot vositalarini respublikadagi huquq-tartibotning ahvolidan hamda ichki ishlar organlarining uni mustahkamlashga, shuningdek, vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga oid faoliyatidan xabardor qilib turadi. Vazirlik davlat organlaridan, jamoat tashkilotlaridan, mansabdor shaxslar va fuqarolardan vazirlik vazifalarini bajarish uchun zarur bo`lgan axborotlarni talab qilib olishga haqlidir. Vazirlik o`z faoliyatini boshqa respublika huquqni muhofaza qilish organlari bilan o`zaro hamkorlik qilish va muvofiqlashtirish asosida amalga oshiradi. Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling