1. Mudofaa sohasini boshqarish Davlat xavfsizligi sohasini boshqarish Ichki ishlar sohasini boshqarish


Davlat xavfsizligi sohasini boshqarish


Download 153.5 Kb.
bet6/12
Sana30.01.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1141405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mudofa sohasini boshqarish

2. Davlat xavfsizligi sohasini boshqarish


O`zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi deganda - O`zbekiston Respublikasining suverenitetini, konstitutsiyaviy tuzumini, aholining tinch turmush tarzini chegaralarning daxlsizligini hamda hududiy yaxlitligini ta'minlashga qaratilgan choralar tizimidir.
Davlat xavfsizligi sohasini boshqarishda quyidagi xususiyatlar namoyon bo`ladi:
birinchidan, muayyan davlat organi tomonidan amalga oshirilishi bilangina cheklanib qolmaydi, balki davlat xavfsizligi hamda milliy va xizmat sirlarini ta'minlash mamlakatdagi barcha organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning ham burchi hisoblanadi;
ikkinchidan, davlat xavfsizligini ta'minlovchi vakolatli organlar ushbu sohani boshqarishni amalga oshirish bilan birga O`zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan va qonunlarda belgilangan boshqa turdagi jinoyatlar bo`yicha tergov va surishtiruv harakatlarini ham amalga oshiradilar;
uchinchidan, davlat xavfsizligi sohasini boshqarishda markazlashganlik, yakkaboshchilik, xizmatni o`tashning maxsus o`rnatilgan tartib-qoidalari hamda harbiy intizom qoidalari tadbiq etiladi.
Davlat xavfsizligi sohasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yildagi Farmoni bilan tashkil etilgan O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan boshqariladi. O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O`zbekiston Respublikasi davlat qo`mitasining huquqiy maqomiga ega.
MXX va uning joylardagi organlari: xorijiy davlatlar va xorijiy tashkilotlar maxsus xizmatlarining O`zbekistonga qarshi razvedka-qo`poruvchilik faoliyati bilan kurash olib boradilar; O`zbekiston Respublikasining mustaqilligini, konstitutsiyaviy tuzumini, hududi butunligini, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini g`ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni amalga oshiradi.
MXX ning asosiy vazifalari O`zbekiston Respublikasi manfaatlari yo`lida razvedka va kontrrazvedka faoliyati bilan shug`ullanish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash hisoblanadi.
Milliy xavfsizlik organlari o`z faoliyatini qonuniylik, qonun oldida hammaning tengligi, shaxsni, uning huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, insonparvarlik va baynalminallik prinsiplari asosida amalga oshiradilar.
O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati respublika qo`mitasining huquqlari bilan ta'minlanadi va O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo`ysunadi.
MXX o`ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Qoraqalpog`iston Respublikasida, uning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda, viloyatlarda, alohida shaharlar va tumanlarda o`zining organlarini tuzadi.
MXX O`zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruvi organlarining ishlashini nodo`stlik kayfiyatidagi davlatlar va Konstitutsiyaga qarshi ichki tuzilmalar maxsus xizmatlarining razvedka-qo`poruvchilik va boshqa xil jinoiy tajovuzlardan samarali himoya qilish uchun javobgardir va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Majlisi oldida muntazam ravishda hisob berib turadi.
MXX ga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tayinlanadigan va keyinchalik O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasida tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi. MXX raisining o`rinbosari va o`rinbosarlari Raisning taqdimnomasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tayinlanadilar. MXX Raisi O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan respublika vazirlariga berilgan huquqlardan foydalanadi.
Xavfsizlik organlari ishni tashkil etish masalalarini hal etish uchun tarkibida MXX Raisi – Kengash raisi, uning o`rinbosarlari va MXXning boshqa rahbar xodimlari bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Kengashi tuziladi.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling