1. Mudofaa sohasini boshqarish Davlat xavfsizligi sohasini boshqarish Ichki ishlar sohasini boshqarish


Download 153.5 Kb.
bet5/12
Sana30.01.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1141405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mudofa sohasini boshqarish

Fuqaro muhofazasi. Fuqaro muhofazasi - harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O`zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o`tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimidir.
O`zbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasi O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan «Fuqaro muhofazasi to`g`risida»gi qonuni3 bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) vakolatlarini. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.
O`zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshlig`idir.
O`zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish O`zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklanadi. Mazkur vazirlik aholini va xalq xo`jaligi obyektlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, respublikada tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi «O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to`g`risida»gi Farmoni4 bilan tashkil etilgan.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishincha lavozimiga ko`ra fuqaro muhofazasining boshlig`i bo`lgan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradilar.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga ko`ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazasining boshlig`i bo`lgan rahbarlari amalga oshiradilar.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling