1. Mudofaa sohasini boshqarish Davlat xavfsizligi sohasini boshqarish Ichki ishlar sohasini boshqarish


Mudofaani tashkil etish quyidagilarni qamrab oladi


Download 153.5 Kb.
bet2/12
Sana30.01.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1141405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mudofa sohasini boshqarish

Mudofaani tashkil etish quyidagilarni qamrab oladi:

  1. tajovuzning oldini olish va qaytarishga, O`zbekiston Respublikasiga tajovuzlardan uyushgan holda qurolli himoyalanishga qaratilgan zarur sharoitlar yaratish;

  2. mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, davlat harbiy tuzilishini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish;

  3. mudofaa vazifalarini hal etish uchun kerakli barcha kuchlar va vositalarning muvofiqlashtirib borilishini va hamkorlikda harakat qilishini ta'minlash;

  4. harbiy-siyosiy vaziyat, milliy xavfsizlikka bo`lgan aniq va potensial tahdidlar monitoringini yuritish;

  5. O`zbekiston Respublikasi urushga va qurolli mojarolarga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar ko`rish;

  6. Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi, doim shay holda saqlab turilishi, ularning soni, tuzilishi va tarkibining maqbullashtirilishi;

  7. Qurolli Kuchlarni tegishli ravishda zamonaviy qurol-yarog`lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat, boshqa moddiy-texnik vositalar, energetika va boshqa resurslar bilan ta'minlash, ularning zaxiralarini vujudga keltirish;

  8. Qurolli Kuchlar qo`llanilishini rejalashtirish;

  9. mudofaa vazifalarini hal etish uchun tashqi siyosiy yo`nalishdagi chora-tadbirlarni ko`rish;

  10. aholini va hududni mudofaaga tayyorlash;

  11. O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining qo`riqlanishi va himoyalanishini ta'minlash;

  12. aholini, iqtisodiyot va hayot kechirish uchun zarur bo`lgan obyektlarni yalpi qirg`in qurollaridan muhofaza qilishga doir tadbirlarni o`tkazish;

  13. Qurolli Kuchlarning, mamlakat iqtisodiyotining, davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek aholining safarbarlik tayyorgarligi;

  14. davlat va safarbarlik zaxiralari uchun moddiy boyliklar zaxiralarini vujudga keltirish;

  15. mudofaaning ilmiy, ilmiy-texnikaviy, ma'rifiy, harbiy-sanoat, iqtisodiy, axborot va qonunchilik bazasini takomillashtirish;

  16. aholini ma'naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibini davlatni himoya qilishga axloqiy-ruhiy jihatdan tayyorlash;

  17. mamlakat mudofaasini tashkil etishga doir boshqa tadbirlar.

Qurolli Kuchlar urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish, O`zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qo`shilmalar va qismlarni, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarni o`z ichiga oladi.
Qurolli Kuchlar o`z faoliyatini qonun ustunligi, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar va safarbarlik borasida doimiy shaylik hamda harbiy intizomga rioya etish asosida quradi va amalga oshiradi.
Harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarog`, harbiy texnikaning barcha turlari, boshqa harbiy mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi va Qurolli Kuchlar tasarrufida bo`ladi.
Qurolli Kuchlarning komplektlanishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mudofaaga va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo`mondoni amalga oshiradi.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling