1. Mudofaa sohasini boshqarish Davlat xavfsizligi sohasini boshqarish Ichki ishlar sohasini boshqarish
O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Download 153.5 Kb.
|
Mudofa sohasini boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harbiy xizmat
O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o`z tasarrufidagi qo`shinlarga boshqaruvni amalga oshiradi, mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi davlat siyosati yuritilishini, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo`shinlarining zamonaviy qurol-yarog`lar, harbiy texnika va moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini, harbiy hamkorlik kengaytirilishini, chaqiruvning va Qurolli Kuchlar kadrlari tayyorlashning tashkil etilishini ta'minlaydi.
O`zbekiston Respublikasi fuqarolari qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o`tashga, shuningdek o`z mulkidagi binolar, inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa mol-mulklarini urush davrida mudofaa ehtiyojlari uchun qonunda belgilangan tartibda berib turishga majburdirlar. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o`tashi O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi qonuni2 bilan tavrtibga solinadi. Amaldagi qonunchilikka binoan umumiy harbiy majburiyat fuqarolarning O`zbekiston Respublikasini himoya qilishga majburiy, harbiy tayyorgarligidan iborat bo`ladi hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (bundan buyon matnda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) safini to`ldirishni va ularning rezervini tayyorlashni ta'minlash maqsadida joriy etiladi. Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni, chaqiruv yoki kontrakt bo`yicha harbiy xizmat o`tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro`yxatdan o`tish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O`zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz bo`lgan taqdirda aholini muhofaza etish tadbir-choralarini qamrab oladi. Harbiy xizmat O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir. O`zbekiston Respublikasida harbiy xizmat quyidagilarni o`z ichiga oladi: muddatli harbiy xizmat. Muddatli harbiy xizmat chaqirilish yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek muqaddam harbiy xizmatni o`tamagan ofitserlarning qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir. Muddatli harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobida: muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida o`tayotgan harbiy xizmatchilar uchun - o`n ikki oy (oliy ma'lumotli shaxslar uchun - to`qqiz oy); muddatli harbiy xizmatni chaqiruv bo`yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida o`tayotgan ofitserlar uchun - to`qqiz oy qilib belgalanadi; safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat. Muddatli harbiy xizmatni o`tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo`lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddagga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy prinsip asosida oylik yig`inlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus hisobvarag`iga pul badallari kiritilishini nazarda tutadi. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga shaxslar yigirma yetti yoshga to`lgunga qadar olinadilar va har yilgi harbiy yig`inlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki O`zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro`y bergan taqdirda esa haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o`tagan fuqarolar yigirma yetti yoshga to`lganlaridan keyin Qurolli Kuchlar rezervi tarkibiga o`tkaziladilar. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar to`laydigan pul badallari miqdori va ularni to`lash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdaqlanadigan alohida nizom bilan belgilanadi. Bu mablag`lar muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning pul va moddiy ta'minotini oshirish, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy yig`inlarini o`tkazishga aniq maqsadli yo`naltirilgan bo`ladi; kontrakt bo`yicha harbiy xizmat. Kontrakt bo`yicha harbiy xizmat Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir. Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar kontrakt bo`yicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida o`taydilar. Harbiy xizmatni o`tash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Ayni paytda dastlabki kontrakt xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida o`tash bo`yicha uch yil, ofitserlar tarkibi lavozimlarida o`tash bo`yicha besh yil muddatga tuziladi. Oliy harbiy ta'lim muassasalarining kursantlari bilan o`qish davri uchun kelgusida ularning ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni kamida besh yil majburiy o`tash sharti bilan kontrakt tuziladi; O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o`tagan rezervchilar xizmati. Rezervchilar xizmati haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o`tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar jumlasidan bo`lgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qo`shilmalari, qismlari va bo`linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to`ldirish, shuningdek urush davri taqozo ztadigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan harbiy xizmat turidir. Rezervchilar sifatida xizmatni o`tayotgan harbiy xizmatga majburlar tinchlik davrida, qoida tariqasida, qo`shinlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish, rezervchilarning harbiy hisobdagi ixtisoslik bo`yicha majburiyatlarni tinchlik va urush davrida bajarishi uchun zarur bo`lgan ko`nikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida xarbiy qismlar bazasida xududiy prinsip asosida tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik bo`yicha harbiy yig`inlarni o`tashga jalb etilishlari mumkin. Rezervchilardan urush davrida ham, tinchlik davrida ham O`zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz taxdidi va mamlakat xavfsizligiga taxdid tug`ilganida, tabiiy ofatlar hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan qo`shilmalar va qismlar tarkibida jangovar maqsadlar bo`yicha foydalanilishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan o`taladigan xizmatlarning yana bir turi - bu muqobil xizmatdir. Muqobil xizmat fuqarolarning umumiy harbiy majburiyatni bajarishining chaqiruv bo`yicha harbiy xizmat o`rniga iqtisodiyot, ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida kam malaka talab etiladigan (yordamchi) ishlarni, shuningdek falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favquloddi vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish bilan bog`lik bo`lgan alohida turidir. O`n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo`lgan, harbiy ro`yxatda turuvchi va xizmatga chaqirilishi lozim bo`lgan fuqarolar, agar ular diniy ta'limoti qurol-yarog`dan foydalanish va Qurollr Kuchlarda xizmat qilishga yo`l qo`ymaydigan, ro`yxatga olingan diniy tashkilotlar hisobida tursalar, muqobil xizmat huquqiga ega. Muqobil xizmatning muddati yigirma to`rt oyni, oliy ma'lumotli fuqarolar uchun esa o`n sakkiz oyni tashkil etadi. Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling