1. Mudofaa sohasini boshqarish Davlat xavfsizligi sohasini boshqarish Ichki ishlar sohasini boshqarish


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo`mondoni


Download 153.5 Kb.
bet3/12
Sana30.01.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1141405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mudofa sohasini boshqarish

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo`mondoni:

  • O`zbekiston Respublikasi mudofaa siyosati va harbiy qurilishining asosiy yo`nalishlarini belgilaydi;

  • O`zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati ta'minlanishi, uning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligi muhofaza etilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko`radi;

  • Qurolli Kuchlarni qurish, qo`llash va rivojlantirish rejalarini, shuningdek mudofaani tashkil etish yuzasidan davlatning boshqa reja va dasturlarini tasdiqlaydi;

  • O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarining tinchlik va urush davriga mo`ljallangan tuzilishi, tarkibi va joylashuvini tasdiqlaydi;

  • harbiy harakatlar olib borish to`g`risida, shu jumladan xalqaro tinchlikparvarlik tadbirlarida qatnashish to`g`risida, shuningdek Qurolli Kuchlarni o`zlariga bevosita taalluqli bo`lmagan vazifalarni bajarishga jalb etish to`g`risida qaror qabul qiladi va Qurolli Kuchlarga buyruq beradi;

  • O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan tartibda: O`zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug`ilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e'lon qiladi hamda O`zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi;

  • Qurolli Kuchlarning oliy qo`mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi;

  • qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

  • davlat boshqaruv organlarining mudofaa sohasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

  • harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining sonini, ularning harbiy va muqobil xizmatni o`tash tartibini, harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni harbiy hisobga olish ishining yuritilish tartibini, mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun moddiy-texnika resurslari, oziq-ovqat, ashyoviy va boshqa mol-mulklarning normalari hamda hajmini belgilaydi;

  • muddatli xizmat harbiy xizmatchilarini hamda muqobil xizmat xizmatchilarini harbiy xizmatga chaqirish va zaxiraga bo`shatish to`g`risida, shuningdek harbiy xizmatga majburlarni yig`inlarga chaqirish to`g`risida qarorlar qabul qiladi, safarbarlikni va safarbarlikdan bo`shatishni tashkil etadi;

  • davlat harbiy buyurtmalarini shakllantirish va mudofaa ahamiyatiga molik ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosati o`tkazilishini ta'minlaydi;

  • mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek davlat va safarbarlik zaxiralarini yaratish rejasini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda ijrosi ustidan nazorat olib boradi;

  • Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy-maishiy ta'minoti masalalarini hal etadi;

  • Qurolli Kuchlarning tegishli ravishda qurol-yarog`lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini va ta'minlanishini tashkil etadi;

  • qurol-yarog`lar va harbiy texnika, strategik materiallar, ikki xil maqsadda ishlatilishi mumkin bo`lgan mahsulot va texnologiyalar eksporti hamda importi ustidan nazorat olib boradi;

  • korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar mudofaa ehtiyojlariga doir vazifalarni bajarganligi munosabati bilan ular sarf qilgan moddiy xarajatlarning o`rnini qoplash tartibini belgilaydi;

  • harbiy oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarini, oliy o`quv yurtlari qoshida harbiy ta'lim fakultetlari, shuningdek harbiy tayyorgarlik o`quv markazlarini (harbiy kafedralar yoki sikllarni) tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling