1. Mutahassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari Mutahassislikka kirish fanining fanning asosiy manbalari
Mavzu: Pedagoglik kasbining taraqqiy etishida ustoz-shogird an`analarining o‘rni va ahamiyati
Download 352.49 Kb.
|
1. Mutahassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari Mutahas-fayllar.org
Mavzu: Pedagoglik kasbining taraqqiy etishida ustoz-shogird an`analarining o‘rni va ahamiyati.
Reja: Ustoz-shogird an’analarining tarixiy genezisi va milliy asoslari Sharq mutafakkirlari ijodida ustoz-shogird munosabatlari Ustoz-shogird an’analarining tarixiy genezisi va milliy asoslari. Ustoz-shogird an’analari milliy qadriyat sifatidayu Sharq allomalari merosida ustoz-shogird odobi masalalari. Muslihiddin Sa‘diy Sheroziyning ―Guliston‖ asarida ustoz va shogird haqidagi. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish samardoligini oshirishda integrativ yondoshuv. Davlat ta’lim standarti. Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining zaruriy mazmuni va bakalavrninig tayyorgarlik darajasiga qoyiladigan talablar. “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Umumiy psixologiya”, “Xalq pedagogikasi”, “Yunogogika”, “Pedagogik texnologiya”, “Oila pedagogikasi”, “Pedagogik mahorat”, “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi”, “Tarbiyaviy faoliyat diagnostikasi va korreksiyasi”, “Kreativ pedagogika” fanlarini o‘qitishda integratsiyalashgan ta’lim dasturlari tuzilmasi va mazmuni. O’zbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ukitish va tarbiyalash mazmuniga milliy kadriyat va an’analarni singdirish, ularni ilg’or g’oyalar bilan boyitishga yunaltirilgan keng kulamdagi sa’y-xarakatlar amalga oshirilmokda. Istiklol sharofati bilan ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratib kelingan bebaxo ma’naviy meros, unutilgan kadriyatlarni kayta tiklash, milliy uzlikni anglash masalasi davlat dasturi darajasida amalga tatbik etilmokda. Milliy an’ana va kadriyatlar kaytadan karor topishi natijasida ukituvchi-ustoz faoliyati bulajak pedagog kadrlarni tayyorlashda nafakat fan asoslari yuzasidan bilim, kunikma va malakalar bilan kurollantirish omiliga, balki ta’lim oluvchining bush vaktini mazmunli tashkil etish, ularning iktidori, kizikish va intilishlarini inobatga olgan xolda, ijodiy ilmiy tadkikot ishlariga jalb etish, ma’naviyatini yuksaltirish xamda kasbga yunaltirishga karatilmokda. Milliy tarbiya xalk nomi va uning tarixi bilan chambarchas bog’lik. Utmish madaniy-pedagogik meros va an’analar yoshlar tarbiyasi uchun muxim vosita bulib xizmat kiladi. Ta’lim muassasalarida milliy tarbiyani samarali tashkil etishda “Ustoz- shogird” an’analari muxim sanaladi. “Ustoz- shogird” an’analari - yoshlarda kasbiy maxoratni tarbiyalash, ularning ma’naviy-ma’rifiy saloxiyatini oshirish, izlanish, ijod kilish, bir suz bilan aytganda, xar tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishda uziga xos tarbiyaviy ta’sir kursatishi bilan katta axamiyat kasb etadi. Yana bir xarakterli jixati shundaki, undan foydalanish natijasida ta’lim oluvchida uz imkoniyatlariga ishonch, vaziyatni tug’ri baxolash xamda irodaviy sifatlar shakllanadi, kolaversa talabaning ijtimoiy faolligi ustozlar nazoratida buladi. Ustozning eng buyuk burchi - yurt ravnakiga uzining munosib xissasini kusha oladigan, akl-idrokli, faxm-farosatli va kobiliyatli shogirdlar tayyorlashdan iborat. Ustoz yaxshi shogird tayyorlash uchun avvalo uning uzi kasbiy saloxiyatli, ma’naviy barkamol, keng dunyokarash va sog’lom fikrga ega bulmoG’i lozim. Qadimdan ustoz-shogirdlik an’analarida ustoz nafakat shogirdiga yul- yurik, kursatma beribgina kolmay, uz navbatida, ularni mustakil faoliyatga tayyorlagan xamda uzidan keyin ish-tajribani, bilim va maxoratni avloddan- avlodga utishiga imkoniyat yaratgan. “Ustoz-shogird” munosabatlari muayyan dastur, reja asosida olib borilishi maksadga muvofik. Bu borada shogird bilan olib boriladigan ish shakllarida ustoz kuyidagilarga rioya kilishi lozim: - shogirdga tarbiyaviy ta’sir kursatishda zamon talablariga, jamiyat konun- koidalariga mos bilimlar bilan kurollantirish; - yagona maksad sari intilishga, ishning natijasini kura bilishga urgatish; - shogirdning ruxiyati, ma’naviyatiga ijobiy ta’sir kursata olish va uz urnida talabchan bulish; - uz-uzini va uzgalarni xurmat kilishga odatlantirish; - muvaffakiyatni kuzlagan xolda olG’a odimlash; - ijobiy kaytuvchan alokani urnatish; - tarbiyada turli xil ilG’or usullar va innovatsion texnologiyalardan foydalanishga e’tibor karatish; - tarbiya jarayonida ustozning xar tomonlama: ma’naviy, axlokiy, kasbiy jixatdan namuna bulishi; - burch, mas’uliyat, javobgarlik xissini shakllantirib borish va xokazo. SHuningdek, ustoz-shogird an’analarida kuyidagi pedagogik tamoyillar muxim urin tutadi: - onglilik va faollik, ya’ni egallayotgan u yoki bu faoliyatning uziga xos jixatlari, moxiyatini ongli tarzda tulik anglab yetish, uning istikboli va ravnaki yulida faollik bilan xarakat kilish; - ilm-fanning sir-asrorlarini egallashda puxtalik; - ta’lim-tarbiyaning turmush, xayot bilan chambarchas boG’likligini inobatga olish; - mutakillikka, ijodiy izlanishga yunaltirib borishda nazariy bilimlarning amaliyot bilan bog’likligini xisobga olish; - ukitish, tarbiyalash mazmuni va shogirdlik boskichlarining izchillik bilan belgilab kuyilgan anik mantikiy tartibga ega bulishi; - shogirdning yosh va uziga xos xususiyatlarini xisobga olish. Alisher Navoiy “Vakfiya” asarida, “Butun osmon va osmondagi jamiki narsalar, butun yer yuzi va yer yuzidagi jami narsalar, xamma dengizlar va unda mavjud bulgan xamma narsalar, xamma mamlakatlar va ularda bor jami ne’matlar - jami eng yaxshi narsalar inson uchun, uning baxt va saodati uchun yaratilgan, bularning bari insonga xizmat kilmogi kerak” , - deb yozgan edi. Demokratiya va bozor iktisodiyotining bosh talabi xam shundan iborat. Xdmonki, barcha kulayliklar inson uchun yaratilar ekan, uni yaratuvchi shaxs xam barkamol inson bulmogi, ushbu buyuk maksadga karatilgan ta’lim-tarbiya tizimi esa mukammal bulmogi zarur. O’zbekiston mustakilligi tufayli tarakkiyotning barcha soxalarida ruy berayotgan uzgarishlar bulgusi fukarolarni turli xil fazilatlarga ega bulishi zarurligini takozo etmokda. Buning uchun xar bir fukaroda bozor iktisodiyoti davrida yuz beradigan tezkor uzgarishlarga mos shaxsiy fazilatlar xamda kasbiy xislatlar shakllangan bulmogi lozim. SHaxsda bu xislatlarni shakllantirishda ustoz muxim urin tutadi. SHark madaniyatining buyuk namoyondasi Alisher Navoiy yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, ularni nodir fazilatlar egasi kilib tarbiyalashning afzalligiga kuplab asarlarida aloxida etibor karatadi. Mutafakkir ustoz, shuningdek, ukituvchi, murabbiy, mudarrislarning xislatlari tugrisida “Maxbub ul-kulub” ya’ni, “Kalblar sevgisi” asarida shunday yozadi: “....ustozlar mansab va amalga kizikmasligi, uzi bilmaydigan ilmdan dars berishga urinmasligi, din ilmidan anik masalalarni bilmog’i kerak. . Ustoz va shogird, Xusayin Voiz Koshifiy, Abu Nasr Farobiy, Sa’diy Sheroziy, Alisher Navoiy Xalqimiz azal azaldan farzandlarini ilmli va hunarli qilishga, ularni go‘zal odob-ahloq egasi qilib tarbiyalashga e’tibor bеrganlar. Shu boisdan ular bolalar tarbiyasini jamiyatda hurmat va e’tiborga ega bo‘lgan ilmli kishilarga, o‘z kasbining mohir ustalariga topshirganlar. Bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy, jismoniy mashqlarga va hunarga o‘rgatilgan. Ustozlar shogirdlariga bilim va hunar sirlarini o‘rgatish bilan bir qatorda, ularni qat’’yatli, to‘g‘risoz, sadoqatli, mard va jasur kabi komillik xislatlarini ham singdirishga intilganlar. Shu bois jamiyatda yaxshi ustozlarning hurmat-e’tibori, mavqyei baland bo‘lib, ustozlik ulug‘ kasb hisoblangan. Xalqimizdan orasidan yetishib chiqqan buyuk olimu sarkardalar, shoir-u fuzololarning barchasi ana shunday ustozlar tomonidan tarbiyalangan va ular doim o‘z ustozlarini hurmat bilan e’zozlaganlar. Yurtimizda ustoz-shogird tizimining rivojlanib borishi ustoz-shogird munosabatlari, ustoz va shogirdning bir-biriga nisbatan burch va majburiyatlari, odob-ahloqi haqida turli qarashlarni keltirib chiqargan. Buni biz buyuk ajdodlarimiz o‘z ilmiy meroslarida tarbiyachi, ustozlik mahorati, ustoz - shogirdlik munosabatlariga ham alohida o‘rin berganligida ko‘rishimiz mumkin. Quyida shulardan misollar kеltiramiz: Masalan, Xusayin Voiz Koshifiy (1440-1505) “Futuvatnomai Sultoniy yoxud javomardlik tariqati” asarida ustoz - shogird munosabatlariga kеng to‘xtalib, ustoz qanday bo‘lishi, shogirdlik odobi nimalardan iborat ekani haqida batafsil ma’lumot beriladi Download 352.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling