Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha va ularning ifodalanishi
Ijtimoiy - iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning bir necha davridagi o‘zgarishlarini o‘rganish uchun mutloq miqdorlarni taqqoslash lozim. Ushbu davrdagi reja ko‘rsatkichlarining, tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishini ham haqiqiy va reja (shartnoma) ko‘rsatkichlar bilan taqqoslab aniqlanadi. Bunday mutloq miqdorlarning bir-biriga nisbatan olinib taqqoslanishi nisbiy miqdorlar deyiladi. Demak nisbiy miqdorlarda ikki va undan ko‘proq mutloq miqdorlar bir-biriga taqqoslanadi. Bunda ko‘pincha suratda taqqoslanuvchi miqdor, mahrajda - esa taqqoslovchi mutloq miqdor bo‘ladi.Nisbiy miqdorlardan xalq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, ijtimoiy - iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini aniqlashda juda ko‘p foydalaniladi.
SHuning uchun ham nisbiy miqdorlar tadqiqot maqsadi, mohiyati va qanday mutloq miqdorlar qatnashayotganiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin:
Korxonalar, firmalar biznes-rejalarining bajarilish darajasini, to‘plamda ayrim guruhlarning tarkibini bilish uchun, joriy yil (ushbu davrdagi) ma’lumotlar taqqoslanadi.
Hodisa va jarayonlarning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish uchun, ularning bir necha yil (o‘tgan davrlar) mobaynidagi miqdorlari taqqoslanadi.
Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi
Nisbiy miqdorlar qanday vazifalarni aniqlash uchun qo‘llanishiga qarab, birnecha turga bo‘linadi. Agarda nisbiy miqdorlar belgilangan reja ko‘rsatkichning bajarilishini aniqlash uchun qo‘llansa, unda bu ko‘rsatkichning haqiqiy bajarilgan miqdori, uning rejada belgilangan miqdoriga bo‘linib topiladi. Misol : Korxona ushbu yilda 12000 tonna mahsulot ishlab chiqargan. Lekin bu yilda 11500 tonna mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan . Demak, korxonaning reja ko‘rsatkichining bajarilishini ifodalovchi nisbiy miqdor (Rbnm) 104 %
12000 x 100
(------------------) bo‘ladi.
11500
Reja o‘sishning (kamayishini) ifodalovchi nisbiy miqdorlar (Runm), kelgusi davr uchun ko‘rsatkichlarning rejasini (prognoz) belgilashda qo‘llanadi va quyidagicha topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |