1. Nazariy qism To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish texnologiyasining asosiy prinsiplari


WDM texnologiyasining avzalliklari va kamchiliklari


Download 333.63 Kb.
bet2/3
Sana16.01.2023
Hajmi333.63 Kb.
#1095414
1   2   3
Bog'liq
14 va 15 amaliyot mashg (2)

WDM texnologiyasining avzalliklari va kamchiliklari


WDM texnologiyasining avzalligi:
- kanallarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yuqoriligi;
- ma’lumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi;
- bitta optik tola orqali trafiklarni ikki tomonlama uzatish
imkonining mavjudligi;
- tor oraliqli yarim o‘tkazgichli lezerlardan foydalanish imkoniga
egaligi (nurlanish spektrining kengligi 0,1 nm);

  • keng polosali kuchaytirgichlardan va yaqin kanallarni ajratishda optik filtrlardan foydalanish imkoniyati;

  • qo‘llaniladigan multipleksor va demultipleksorlarning narxini arzonligi.

WDM texnologiyasi kamchiliklari:

  • yaqin chastotalarni qo‘llaganda DWDM tizimlarining eng qimmatbaho elementlaridan biri bo‘lgan, nurlantiradigan to‘lqin uzunliklarining yuqori mo‘tadilligini ta’minlovchi va tor nurlanish spektriga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichli lazerlarning talab qilishi;

  • multipleksor/demultipleksorlarda signal quvvatlarining zaiflashishi;

  • ko‘p hollarda WDM qurilmalarining va vaqtli multipleksorlash qurilmalarining ishchi to‘lqin uzunliklarini mos kelmasligi;

  • kommutatsiya tugunlari sifatining pastligi;

  • turli texnologiyalarning axborotlarini multipleksorlash kerakligi tufayli boshqarishda muammolarining yuzaga kelishi;

  • nurlanish quvvatining oshishi nochiziqli effektlarni yuzaga keltiradi va kanallarning o‘zaro ta’sirlashuviga olib keladi.



2. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish tizimining tuzilish sxemasi

WDM tizimlari ma’lumotlarni uzatuvchi analog tizimlar kabi tolali optik uzatish tizimlarda to‘lqin bo‘yicha multipleksorlash (FDM) vazifasini o‘taydi. Shu sababli WDM tizimlari, chastota bo‘yicha optik multipleksorlovchi (OFDM) tizimlar nomini oldi. Lekin bunday texnologiyalar bir-biridan keskin farq kiladi. FDM da bir yon chastota oralig‘iga ega bo‘lgan amplitudaviy modulyatsiyalash mexanizmi qo‘llaniladi. OFDM modulyatsiya mexanizmida esa, eltuvchi chastotalar alohida manbalar (lazerlar) da ishlab chiqiladi va signallar bitta guruhli signalga multipleksorlar yordamida birlashtiriladi. Uning har bir tashkil topuvchisi (eltuvchisi) turli sinxron texnologiyalar qonuni bo‘yicha shakllangan raqamli signallarning oqimlarini, masalan bitta eltuvchi ATM trafikni, boshqasi SDH ni, uchinchisi esa PDH ni uzatishi mumkin. Buning uchun eltuvchi, uzatuvchi trafikka mos keluvchi raqamli signal bilan modulyatsiyalanadi. Quyidagi 14.1 – rasmda WDM tizimining blok sxemasi ko‘rsatilgan.




14.1-расм. WDM тизимининг тузилиш схемаси

Tizimning uzatuvchi qismi turli to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan signallar WDM MUX multipleksorlari yordamida multipleksorlanadi va optik tolaga uzatiladi.


WDM texnologiyasi turli to‘lqin uzunlikli signallarni optik kabelning bitta optik tolasi orqali uzatish imkonini beradi, bu bilan o‘tkazish qobiliyati talablariga bo‘lgan extiyoj qondiriladi.
Qabul qiluvchi qismda tola chiqishidan oqim qabul qilinadi va demultipleksorlanadi, ya’ni to‘lqin tashuvchiga ega bo‘lgan oqimlarga ajratiladi.
WDM ning prinsipial sxemasi juda oddiy. Bunday texnologiyada bir tola orqali SDH ning bir nechta optik kanalini uzatish uchun, signallarning optik to‘lqin uzunligi o‘zgartiriladi, multipleksor yordamida ular birlashtiriladi va optik liniyaga beriladi. Qabul qiluvchi punktda teskari jarayon amalga oshadi. Quyidagi 14.2-rasmda WDMning optik multipleksor va demultipleksorlarini ishlash prinsipi ko‘rsatilgan.

14.2-rasm. WDM optik multipleksor va demultipleksorlarini ishlash prinsipi.

Bunday texnologiya turli to‘lqinlar oqimini ajratib olish uchun maxsus aniqlikka ega bo‘lgan qurilma bilan ta’minlanadi.


Optik toladan o‘tganda signallar so‘nganligi tufayli ularni kuchaytirish uchun optik kuchaytirgichlardan foydalaniladi. Bir toladan uzatiladigan turli spektrli signallarni bitta kuchaytirgich yordamida kuchaytirish mumkin (14.3-rasm). Bu bilan kuchaytirgichlar regeneratorlardan afzaldir, chunki regeneratorlarda har bir spektral kanal uchun alohida elektr kuchaytirgich talab etiladi.

14.3-rasm. WDM tizimlarida optik kuchaytirgich toladan uzatiladigan turli to‘lqin uzunlikli signallarni bir vaqtda kuchaytiradi.
Liniya traktida optik kuchaytirgichlarni joylashtirish retranslyatorlar orasidagi masofani yer usti liniyalarida 1000 km gacha va suv osti liniyalarida 10 000 km gacha uzaytirish imkonini beradi. Optik kuchaytirigchlar orasidagi masofa esa 50…150 km ni tashkil etadi va bu masofa toladagi yo‘qotishlar hamda tolaga kiritish mumkin bo‘lgan signalning quvvati bilan aniqlanadi. Signal quvvati esa optik tolada yuzaga keladigan nochiziqli effektlar sababli signalning buzilishlari bilan chegaralanadi.



Download 333.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling