69. Kreditning taʼminlanganlik obyektlaridan qaysi biri eng yuqori likvid-ilik xususiyatiga ega?
a) Yirik sanoat korxonalarining obligatsiyalari
b) Hukumat obligatsiyalari
c) Tovar-moddiy qiymatliklar
d) Toʻlanmagan schyotlar
70, Re-moliyalashtirish siyosati deganda nima tushuniladi?
a) Markaziy bankning tijorat banklariga veksellarni va qimmatli qogʻozlarni garovga olish yoʻli bilan kredit berishi tushuniladi
b) Davlat byudjetining xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida markazlashgan kredit resurslarining berilishi tushuniladi
c) Muddatida toʻlanmagan kreditlarni qaytadan moliyalashtirish tushuniladi
d) Banklardagi kredit resurslarining maʼlum qismini Markaziy bankdagi foizsiz schyotlarga olib qoʻyish tushuniladi
71. Majburiy zaxiralar siyosatini amalga oshirishdan maqsad:
a) Tijorat banklarining kredit faoliyatiga taʼsir koʻrsatish
b) Depozitlarni himoya qilish
c) Banklarning likvidlik mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish
d) Markaziy bankning daromad bazasini mustahkamlash
72. Majburiy zaxiralar stavkasi oʻta minimal boʻlgan davlatni koʻrsating:
a) Fransiya
b) Germaniya
c) Buyuk Britaniya
d) Shveysariya
73. Majburiy zaxiralar schyotiga foiz toʻlaydigan davlatni koʻrsating:
a) Germaniya
b) Italiya
c) AQSH
d) Fransiya
74. Nima uchun kontokorrent krediti yuqori obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan mijozlarga berilishi kerak?
a) Kontokorrent krediti joriy ishlab chiqarishni va muomala sohasini moliyalashtirish maqsadlariga moʻljallanganligi sababli
b) Xarakteriga koʻra ishonchli kredit boʻlganligi sababli
c) Korxonalarda toʻlov oborotining uzluksizligini taʼminlash maqsadini koʻzlagani sababli
d) Foiz stavkasi nisbatan yuqori boʻlganligi sababli
75. Xalqaro kreditlar boʻyicha qarzdorlik muammosini hal qilishning qaysi yoʻlini maʼqul deb hisoblaymiz?
a) Umidsiz ssudalarni bank balansidan oʻchirish
b) Yangi kredit liniyasi ochish
c) Qarz yigʻindilarini inkasssiya qilish jarayoniga eʼtiborni kuchaytirish
d) Kreditlanayotgan obyektlarni inspeksiya qilishini kuchaytirish
Do'stlaringiz bilan baham: |