1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi
Download 1.58 Mb.
|
2 5321546225856551652
Hiqildoq
Hiqildoq (larynx) murakkab tuzilgan a’zo (73, 74-rasm) bo'lib, nafas olishda, pastki nafas yo'llarini himoya qilishda va tovush hosil qilishda ishtirok etadi. Hiqildoq bo'yinning oldingi sohasi o'rtasida joylashib, hiqildoq bo'rtig'ini (prominentia laryngea) hosil qiladi. Bu bo'rtiq erkaklarda kuchli rivojlangan. Hiqildoq yuqorida til osti suyagiga birikkan bo'lib, pastda kekirdakka davom etadi. Hiqildoqni old tomondan bo'yinning til osti suyagining ostida joylashgan mushaklar yopib tursa, yon tomonda bo'yinning tomirli-nervli dastasi va qalqonsimon ! bezning yon bo'laklari, orqasidan esa halqumning 1 hiqildoq qismi joylashadi. Katta yoshdagi odamlarda hiqildoqning yuqori chegarasi IV, pastkisi esa VI—VII bo'yin umurtqalari o'rtasida joylashgan. Ayollarda hiqildoq biroz yuqoriroq joylashadi. Erkaklarda hiqildoqayollaiga nisbatan katta bo'ladi. Hiqildoq harakatchan bo'lib, ovqat yutganda va tovush hosil bo'lganida vertikal yo'naiishda harakat qiladi. H iqildoqning qattiq asosini juft (cho‘m ichsim on, shoxsim on, ponasimon) va toq (qalqonsimon, uzuksimon, hiqildoq usti) tog'aylari (73-rasm), shuningdek, ular o'rtasidagi bo'g'imlar hosil qiladi. Qalqonsimon tog'ay (cartilago thyroidea) toq gialin tog'ay bo'lib, birbiri bilan erkaklarda 90°, ayollarda 120° burchak hosil qilib birikkan ikkita o'ng va chap to'rtburchakli plastinkadan (lamina dextra et sinistra) iborat. Tog'ayning oldingi qismida yaxshi bilinadigan ustki qalqonsimon o ’yma (incisura thyroidea superior) va biroz bilinadigan pastki qalqonsimon o'yma (incisura thyroidea inferior) bo'ladi. Plastinkaning orqa chekkasida uzun ustki shoxsimon o'simta (cornu superius) va qisqa pastki shoxsimon osimta (cornu inferius) joylashgan. Pastki shoxsimon o'simtaning medial yuzasidauzuksimon tog'ay bilan birikadigan bo'g'im yuzasi bor. Ikkala plastinkaning tashqi yuzasida qiyshiq chiziq (linea obliqua) joylashgan bo'lib, to'shqalqonsimon va qalqonsimon-til osti mushaklari birikadi. Uzuksimon tog'ay (cartilago cricoidea) toq gialin tog'ay bo'lib, uzuk shaklida, oldinga qaragan yoysimon qismi (arcus) va orqaga qaragan to'rtburchak plastinkadan (lamina cartilaginis cricoideae) iborat. Uzuksimon tog'ayda ikki juft bo'g'im yuzasi bo'lib, uning bir jufti (facies articularis arytenoidea) plastinkaning ustki chekkasi burchaklarida joylashib, o'ng va chap cho'michsimon tog'aylar bilan birikadi. Ikkinchi jufti (facies articularis thyroidea) tog'ay yoyini plastinkaga o'tgan joyida bo'lib, qalqonsimon tog'ayning pastki shoxsimon o'simtasi bilan bo'g'im hosil qiladi. Hiqildoq usti tog'ayi (cartilago epiglottica) toq elastik tog'ay bo'lib, baig shaklida bo'ladi. U hiqildoqqa kirish teshigi ustida old tomonda joylashgan. Uning toraygan bandi (petiolus epiglottidis) qalqonsimon tog'ayning ichki yuzasiga birikkan, qavariq oldingi yuzasi til ildiziga, orqa botiq yuzasi hiqildoq bo'shlig'iga qaragan bo'ladi. Cho'm ichsimon tog'ay (cartilago arytenoidea) juft gialin tog'ay bo'lib, piramidasimon ko'rinishga ega. Uning uchburchak shaklidagi asosi (basis) pastga qaragan bo'lib, uzuksimon tog'ay bo'g'im yuzasi bilan harakatchan bo'g'im hosil qiladi. Cho'michsimon tog'ay uchi (apex) o'tkir va biroz orqaga egilgan. Cho'michsimon tog'ay asosidan oldinga qarab ovoz boylami birikadigan o'simta (processus vocalis), lateral tomonga qarab mushak birikadigan o'simta (processus muscularis) chiqqan. Cho'michsimon tog'ayni uchta: oldingi lateral, medial va orqa yuzasi tafovut qilinadi. Oldingi lateral yuzasi (facies anterolateralis) keng bo'lib, uning pastki qismida tovush o'simtasi orqasida joylashgan uzunchoq chuqurchaga ovoz mushagi birikadi. Medial yuzasi (facies medialis) uncha katta bo'lmay, qarama-qaishi tog'ayga qaragan. Orqa yuzasi (facies posterior) oldinga bukilgan bo'ladi. Shoxsimon tog'ay (cartilago corniculata) juft kichkina, konussimon elastik tog'ay bo'lib, cho'michsimon tog'ayning uchida cho'michsimonhiqildoq usti burmasi ichida joylashgan. Ponasimon tog'ay (cartilago cuneiformis) juft kichkina elastik tog'ay bo'lib, cho'michsimon-hiqildoq usti burma ichida shoxsimon tog'aydan oldinda va yuqorida yotadi. Hiqildoq tog'aylari o'zaro va til osti suyagi bilan bo'g'imlar hamda boylamlar vositasida birikadi. Hiqildoq tog'aylari harakati ikki juft bo'g'imga mushaklaming ta’siri ostida bo'ladi. Traxeya Traxeya (trachea) havo o'tkazuvchi naysimon a’zo. U VI bo'yin umurtqasi sohasida boshlanib, V ko'krak umurtqasi sohasida traxeya ayrisini (bifurcatio tracheae) hosil qilib ikkita bosh bronxga bo'linadi. Traxeyaning uzunligi 9—11 sm, kengligi 15—18 mm bo'lib, oldindan orqaga qarab biroz siqilgan bo'lgani uchun, ko'ndalang o'lchami oldingi orqa o'lchamidan 1—2 mm katta. Traxeyada bo'yin va ko'krak qismlari tafovut qilinadi. Traxeyaning bo'yin qismi (pars cervicalis) VII bo'yin umurtqasi sohasida joylashib, uning old tomonida yuqori to'rtta tog'ay halqasi sohasida qalqonsimon bezning bo'yni turadi. Traxeyaning old tomonida to'sh-qalqonsimon, to'shtil osti mushaklari va ulami o'ragan bo'yin fassiyasi, orqa tomonida qizilo'ngach, yon tomonida esa bo'yinning tomirli — nervli dastasi yotadi. Traxeyaning ko'krak qismi (pars thoracica) orqasida qizilo'ngach, oldida aorta ravog'i, yelka-bosh poyasi, chap yelka-bosh venasi va timus, o'ng va chap tomonlarida mediastinal plevra joylashadi. Traxeyaning asosi o'zaro halqasimon boylamlar (ligg. anullaria) vositasida birikkan 16—20 ta yarim halqasimon gialin tog'aydan (cartilagines trachealis) iborat bo'lib, ular traxeya aylanasining uchdan ikki qismini egallaydi. Ulami orqa tomondan aylanma va bo'ylama yo'nalishdagi silliq mushak tolalaridan tashkil topgan parda devor (paries membranaceus) biriktirib turadi. Traxeya devorini ichki tomondan kiprikli epiteliyli shilliq parda(tonica mucosa) qoplagan bo'lib, unda shilliq bezlari va limfoid tugunchalar bor. Uning ostidagi shilliq osti asosda (tela submucosa) traxeya bezlari joylashgan. Traxeyani tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimali parda (tunica adventitia) o'rab turadi. Rentgenogrammada traxeya aniq krinishga ega bo'ladi. UIV-V ko'krak umurtqalari sohasida o'ng va chap bosh bronxga bo'linadi. Yangi tug'ilgan chaqaloq traxeyasi III—IV bo'yin umurtqalari sohasida boshlanib, II—III ko'krak umurtqalari sohasida bosh bronxlaiga bo'linadi. U quyg'ich yoki duk shaklida bo'lib, uzunligi 3,2—4,5 sm, kengligi yuqori qismida 10 mm, o'rta qismida 8 mm bo'ladi. Uning parda qismi nisbatan keng, tog'aylari yupqa, yumshoq, bukiluvchan. Shilliq pardasi yupqa, nozik, bez va mushak elementlari yaxshi takomillashmagan, qon tomirlarga boy bo'ladi. Traxeya bola hayotining birinchi 6 oyida va balog'at davrida tez o'sadi. Uning yuqori chegarasi ikki yoshda IV—V, 5—6 yoshda V-VI, o'smirlik davrida esa VI bo'yin umurtqalari sohasida joylashadi. Traxeyaning o'sishi halqasimon boylamlaming uzayishi hisobiga bo'ladi. Uning uzunligi 10—12 yoshda ikki marta uzayib 9 sm bo'lsa, 20—25 yoshlarda uch marta uzayadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling