1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi


Siydik yo'lining qovuq devori ichidagi qismi (pars intramuralis) qovuq


Download 1.58 Mb.
bet25/41
Sana30.01.2024
Hajmi1.58 Mb.
#1810848
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
2 5321546225856551652

Siydik yo'lining qovuq devori ichidagi qismi (pars intramuralis) qovuq

devorini qiya teshib o'tadi. Uning uzunligi 1,5—2 sm.

Siydik yo'lining uch: boshlanish, qorin qismining chanoq qismga o'tgan

va qovuq devoriga kiigan sohalarida toraygan joyi bo r .

Siydik yo'li devori uch qavatdan iborat. Ichki shilliq qavat (tunica mucosa)

bo'ylama burmalar hosil qiladi. O'rta mushak qavati (tunica muscularis )

yuqori qismida ikki bo'ylama va halqasimon, pastki qismda esa uch: ichki va

tashqi bo'ylama, o'rta halqasimon qavatlardan iborat. Tashqi tomondan

adventitsial qavat-tunica adventitia bilan qoplagan.

Rentgenoanatomiyasi: siydik yo'li ingichka, aniq va tekis chegarali soya

hosil qiladi. Buyrak jomidan chiqqach, o'ng va chap siydik yo'llari bel

umurtqalarining ko'ndalang o'simtalariga yaqinlashib, ichkariga qaragan

bukilma hosil qiladi. Chanoq bo'shlig'ida u tashqi tomonga qarab bukiladi.

Qovuqqa quyilishidan oldin yana ichkariga qarab bukiladi. Siydik yo'lining

uchta toraymasi bor: birinchisi buyrak jomining siydik yo'liga o'tish joyida;

ikkinchisi kichik chanoqqa kirish sohasida; uchinchisi qovuqqa quyilish joyida.

Yangi tug'ilgan chaqaloq siydik yo'li uzunligi 5—7 sm bo'lib, buralma

yo'nalishga ega. Chap siydik yo'li o'ngiga nisbatan uzun. Uning yuqori va pastki

uchlari toraygan (1—1,5 mm), o'rta qismi esa keng (3 mm). Uning devori

yupqa, mushak tonusi past, shuning uchun siydik oqishini qiyinlashtiradi.

Uzunligi bir yoshda 10 sm, 4 yoshda 15 sm, balog'at yoshida esa 18—20 sm ga

yetadi. Erta bolalik davrida mushak qavati rivojlanib, ikki qavatga bo'linadi. 8


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling