1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi
cho‘qqisida siydik chiqaruv nayining ichki teshigi (ostium uretrae internum)
Download 1.58 Mb.
|
2 5321546225856551652
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rentgenogrammada qovuq kontrast modda bilan tolatilganida togri proyeksiyada tekis chegarali disk shaklida korinadi. Yon proyektsiyada esa
- Erkaklaming tashqi tanosil a’zolariga erlik olati va yorgoq kiradi.
cho‘qqisida siydik chiqaruv nayining ichki teshigi (ostium uretrae internum),
pastki burchaklarida esa ikkita siydik yo'li teshiklari (ostia uretere) joylashgan. Shilliq qavatda qovuq bezlari (glandulae vesicalis) bor. 2. Shilliq osti qavat (tela submucosa) yaxshi rivojlangan bo'lib, shilliq qavatda burmalar hosil qiladi. Shilliq osti asosi qovuq uchburchagi sohasida bo'lmaydi. 3. Mushak qavat (tunica muscularis) uch qavat joylashgan silliq mushak tolalaridan iborat. Ular o'zaro aniq ajralmagan tashqi va ichki bo'ylama, o'rta yaxshi rivojlangan ko'ndalang yo'nalishga ega. Qovuqning bo'yin sohasida halqasimon tolalar siydik chiqaruv nayining ichki teshigi atrofida siydik chiqaruv nayini qisuvchi mushakni (m. sphincter uretrae) hosil qiladi. Qovuqning mushak qavati qisqarganda a’zoni hajmi kichrayadi va suyuqlik siydik chiqaruv nayi orqali tashqariga chiqariladi. Qovuqning mushak qavati vazifasiga qarab, siydikni haydab chiqamvchi mushak (m.detrusor vesicae) deb ataladi. Seroz parda (tunica serosa) uni ust tomonidan qoplagan bo'lib, qolgan sohalarda adventitsial qavat hosil bo'ladi. Rentgenogrammada qovuq kontrast modda bilan to'latilganida to'g'ri proyeksiyada tekis chegarali disk shaklida ko'rinadi. Yon proyektsiyada esa noto'gri uchburchak shakliga ega bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq qovug'i duk shaklida bo'lib yuqori joylashgan. Uning katta qismi qov ustida joylashgan Erkaklaming tashqi tanosil a’zolari Erkaklaming tashqi tanosil a’zolariga erlik olati va yorg'oq kiradi. Erlik olati (penis) erkaklarda siydikni chiqarishga va urug'ni otishga xizmat qiladigan a’zo hisoblanadi. U uch qismdan iborat. Erlik olatining orqa qismi — ildizi (radix penis) qov suyaklariga birikkan. Uning oldingi erkin qismi— tanasi (corpus penis) oldingi yuqorigi yuzasi — olat orqasi (dorsum penis) deb ataladi. Erlik olati tanasi yupqa, oson so'riluvchi teri bilan qoplangan. Bu teri yuqori tomonga qov terisiga, pastga esa yorg'oq terisiga o'tib ketadi. Erlik olati tanasining oldingi qismida uning terisi erlik olati boshini yopuvchi yaxshi bilingan teri burmasini — erlik olati kertmagini (preputium penis) hosil qiladi va olat bo'yniga birikadi. Erlik olati boshining pastki tomonida kertmak olat boshi bilan siydik chiqaruv kanalini tashqi teshigigacha boruvchi kertmak yuganchasini (frenulum preputii) hosil qilib birikadi. Erlik olatining oldingi qismi olat boshi (glans penis) bo'lib tugaydi. Unda kengaygan qismi -toji (corona glandis) va toraygan bo‘yni (collum glandis) tafovut qilinadi. Olat boshi cho'qqisida erkaklaming siydik chiqaruv kanalini tashqi teshigi (ostium uretrae externum) joylashgan. Teri burmasining ichki yuzasi va olatning boshi olat tanasi terisidan farq qiluvchi yupqa, nozik teri bilan qoplangan. Erlik olati kertmagi ichki yuzasi terisida bezlar (glandulae preputiales) bo‘ladi. Erlik olati ustida yonma-yon joylashgan juft g'ovakli tana (corpora cavernosa penis) va ulaming ostida yotgan toq g‘ovakli tanadan (corpus spongiosus penis) iborat. Juft g‘ovakli tananing har biri silindr shaklida bo‘lib, orqa uchlari o'tkirlashib, erlik olati oyoqchalarini (crura penis) hosil qilib, qov suyaklarining pastki shoxlariga birikadi. Ulami ust tomondan oqliq parda (tunica albuginea corporum cavemosorum) o'ragan bo'lib, bu parda ulaming o'rtasida erlik olati to'sig'ini (septum penis) hosil qiladi. Toq g'ovakli tana orqa tomonda kengayib, olat piyozchasini (bulbus penis) hosil qilsa, oldingi uchi qalinlashib, olat boshini hosil qiladi. Toq g'ovakli tana tashqi tomondan oqliq parda (tunica albuginea corporis spongiosi) bilan o'ralib, ichidan siydik chiqaruv nayi o'tadi. Erlik olatining juft va toq g'ovakli tanalari endoteliy bilan qoplangan ko'pgina bo'shliqlardan iborat bo'lib, qon bilan to'lganida ular kengayib, erlik olati tanasi shishib qattiqlashadi (erlik olati ereksiyasi). Erlik olatining g'ovakli tanalari bo'shliqlarirving devori to'siqlardan hosil bo'lib trabeculae corporura cavernosum va trabeculae corporis spongiosi deyiladi. Erlik olatining juft va toq g'ovak tanalarini list tomondan yuza va chuqur fassiyalar (fascia penis profunda et fascia penis superficialis) o'ragan bo'ladi, yuza va chuqur osiltirib turuvchi boylamlar bilan mustahkamlangan. Yuza boylam qorinning oq chizig'i sohasida boshlanib, erlik olatining yuza fassiyasiga birikadi. Chuqur boylam qov simfizining pastki qismidan boshlanib, juft g'ovak tanalar oqliq pardasiga birikadi. Erlik olati yangi tug'ilgan o'g'il bolada qisqa, uzunligi 2-2,5 sm bo'ladi. Juft g'ovak tanalar kam taraqqiy etgan, toq g'ovak tana yaxshi rivojlangan bo'lsa ham, uning piyozchasi o'lchami kichik bo'ladi. Olat terisi harakatchan bo'lib, uning bosh sohasida kertmak hosil qiladi. Bu kertmak uzun bo'lib, olat boshini berkitib turadi. Erlik olati balog'at davrigacha sekin o'sadi, so'ng uning o'sishi tezlashadi. Yoig'oq (scrotum) erlik olati ildizining orqasida va ostida yotadi. U ikki alohida bo'limdan iborat bo'lib, ularda moyaklar joylashadi. Yorg'oqda 7 qavat joylashgan moyak pardalari tafovut qilinadi. 1. Yorg'oq terisi tananing boshqa qismlari terisiga nisbatan yupqa va rangi to'qroq bo'lib, burmalar hosil qiladi, tuklar bilan qoplangan bo'ladi. 2. Go'shtdor parda (tunica dartos) teri osti yog' qatlami o'm ida, chov sohasi va oraliqni biriktiruvchi to'qimadan hosil bo'ladi. Tarkibida silliq mushak va elastik tolalari ko'p. Go'shtdor parda ikkala moyak o'rtasida to'siq (septum scrotii) hosil qilib, o‘ng moyakni chapidan ajratib turadi. Yorg'oq yuzasida to‘siqlaming birikish chizig'i sagittal yo‘nalgan yoig'oq chokiga (raphe scroti) to‘g‘ri keladi. 3. Tashqi urug‘ fassiyasi (fascia spermatica externa) qorin yuza fassiyasining davomi hisoblanadi. 4. Moyakni ko'taruvchi mushak fassiyasi (fascia cremasterica) shu nomli mushakni qoplab turadi. 5. Moyakni ko‘taruvchi mushak (m. cremaster) qorinning ko'ndalang va ichki qiyshiq mushaklaridan boshlangan mushak tolalaridan iborat. 6. Ichki urug‘ fassiyasi (fascia spermatica interna) qorin ko'ndalang fassiyasining hosilasi hisoblanadi. 7. Moyakning qinsimon pardasi (tunica vaginalis testis) qorin pardaning qismi bo'lib, pariyetal va visseral varaqlardan iborat. Ular o'rtasida yopiq seroz bo'shliq (cavitas vaginale) bo'ladi. Yangi tug'ilgan o'g'il bolaning yorg'og'i nisbatan kichik bo'lib, uning go'shtdor qavati yaxshi rivojlangani uchun terisi burmalar hosil qiladi. Yorg'oq terisi o'rtasida chok bo'lib, u olatning pastki yuzasiga o'tib ketadi. Yorg'oq balog'at davrigacha kam o'zgaradi, keyin esa tez o'sadi va terisida pigmentlar ko'payadi. Ayollarning tashqi tanosil a’zolari Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling