1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi
-Bilet. Endokrin tizim tuzilishi
Download 1.58 Mb.
|
2 5321546225856551652
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qalqonsimon bez
10-Bilet.
Endokrin tizim tuzilishi 1.Bezlar turlari va ahamiyati. 2.Ichki sekretsiya bezlari va ularning garmonlari. 3.Garmonlarning umumiy va xususiy xususiyatlari. ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI Ichki sekretsiya yoki endokrin bezlar alohida a’zolar tizimini hosil qiladi. Ulaming ishlab chiqargan suyuqligi qonga yoki limfaga o'tadi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon orqa, ayrisimon, buyrak usti bezi, me’da osti bezining Langengars orolchalari, erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining ichki sekretsiya qismi, interrenal tizim va paragangUyalar kiradi. Ichki sekretsiya bezlari biologik faol modda — gormonlar ishlab chiqaradi. Bu gormonlar juda oz miqdorda bo‘lsa ham, organizm faoliyatiga ma’lum bir ta’sir ko‘rsatadi. Gormonlar tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lib, organizmning taraqqiyotini, o‘sishini boshqarib turadi. Agar gormonlar kam yoki ko‘p ishlab chiqarilsa, organizmda har xil kasalliklar kelib chiqadi. Ichki sekretsiya bezlari o‘z taraqqiyoti davrida turli epiteliydan kelib chiqqani uchun ular bir necha guruhga bo'linadi. 1. Entodermadan hosil bo‘lgan visseral ravoqlar epiteliyidan taraqqiy etuvchi bezlar (qalqonsimon, qalqonsimon orqa va ayrisimon bezlar). 2. Entodermadan hosil bo‘lgan, ichak nayi epiteliyidan taraqqiy etuvchi bezlar (me’da osti bezi orolchalari). 3. Mezodermadan taraqqiy etuvchi bezlar (buyrak usti bezining po‘stloq qismi, jinsiy bezlar va interrenal tizim). 4. Ektodermadan taraqqiy etuvchi — nerv nayining oldingi qismidan hosil bo'lgan bezlar (gipofiz vaepifiz). 5. Ektodermadan taraqqiy etuvchi simpatik nerv tizimidan hosil bo'lgan bezlar (buyrak usti bezining mag'iz qismi va paragangliyalar). Qalqonsimon bez Qalqonsimon bez (glandula thyroidea) toq a’zo bo'lib, ichki sekretsiya bezlari ichida eng kattasidir. Uning o'sayotgan organizm uchun ahamiyati juda katta. U bo'yinning oldingi sohasida hiqildoqning qalqonsimon tog'ayi bilan kekirdakning yuqorigi III-IV tog'ay halqalari oldida joylashgan. Bez yuza joylashib, uni old tomondan til osti suyagining ostidagi mushaklar, bo'yinning yuza va kekirdak oldi fassiyalari qoplab turadi. Qalqonsimon bez ikki: o'ng va chap bo'lakdan (lob u s dexter et sinister) iborat. Bo'laklari tor bo'yincha (isthmus gl. thyroidei) vositasida o'zaro qo'shilgan. 30% holatda uning bo'yinchasidan yuqoriga qarab piramidasimon bo'lagi (lobus pyramidalis) joylashadi. Bezning ko'ndalang o'lchami katta yoshdagi odamlarda 50—60 mm, qalqonsimon bez bo'laklarining balandligi 50 mm atrofida bo'ladi. Uning bo'laklarini orqa-yon yuzasi halqumninig hiqildoq qismi va qizilo'ngachning boshlang'ich qismiga tegib turadi. Bez bo'yinchasining balandligi 5—15 mm, qalinligi 6—8 mm bo'lib, kekirdakning II—III tog'ay halqalari sohasida joylashadi. Bezning og'irligi 30—50 g. Qalqonsimon bezning og'irligi ayollarda erkaklarga nisbatan katta bo'lib, u tashqi tomondan hiqildoq va kekirdakka birikkan fibroz kapsula (capsula fibrosa) bilan o'ralgan. Undan bez ichiga trabekulalar kirib, bezni bo'laklarga ajratadi. Bez bo'laklarining ichi qalqonsimon bezning taikibiy-vazifaviy biriigi — folikullalardan iborat. FolikuMaming devori bir qavatli epiteliy bilan qoplangan bo'lib, o'lchamlari 25 dan 300— 500 mkm gacha. Uning bo'shlig'ida epiteliy hujayralari ishlab chiqargan quyuq oqsillaiga boy kolloid modda bo'ladi. Uning tarkibidagi yod miqdori qon plazmasidagidan 300 marta ko'p. Mo'tadil holatda qalqonsimon bez 80% tiroksin va 20% triyodotironin ishlab chiqaradi. Uning gormonlari organizmdagi asosiy modda almashinuviga ta’sir qilib, issiqlik almashinuvini, oqsil, yog', uglevodlar sarflanishini kuchaytiradi. Kaliy va suvni oiganizmdan chiqishini, oiganizmning o'sishini boshqaradi, buyrak usti, jinsiy, sut bezlari va markaziy nerv tizimi faoliyatini kuchaytiradi. Qalqonsimon bezning follikulalararo epiteliyi hujayralari tarkibida yod bo'lmagan gormon — kalsitoninni ishlab chiqaradi. U qondagi kalsiy miqdorini kamaytirib, uni suyaklarda to'planishini ta’minlaydi va paratireoidinga antogonist bo'ladi. Bu gormon, shuningdek, hazm bezlari faoliyatini pasaytiradi. Taraqqiyoti: homila hayotining 3-4-haftasida oldingi ichakning I—II visseral ravoqlari o'rtasidagi entoderma qalinlashib, o'simta hosil qiladi. O'simta ichida dastlab bo'shliq bo'lib, uni qalqonsimon-til nayi deyiladi. O'simtaning uchi qattiqlashib, homila hayotining 4-haftasida naycha atrofiyaga uchraydi va uning boshlang'ich qismi tilning tanasi bilan ildizi o'rtasidagi ko'r teshikka aylanadi. Nayning qattiqlashgan uchida qalqonsimon bez kurtagi hosil bo'ladi. Bu kurtak kattalashib, mezenxima bilan o'raladi va ikki bo'lakka bo'linadi. Bezning hosil bo'lgan bo'laklari pastga tomon surilib, o'z joyini egallaydi. Qalqonsimon-til o'simtaning qalqonsimon qismi esa bezning piramida bo'lagini hosil qiladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda qalqonsimon bez tuzilishi takomillashmagan bo'ladi. U ko'proq taqasimon, yarimoysimon shakllarda uchraydi. Uning kengligi bo'yin sohasida 30 mm, og'irligi 3 g. bo'ladi. Bez bo'laldari yaxshi bilinadi. Ko'p hollarda bezning pastki chegarasi kekirdakning 5—6 tog'ayi sohasigacha tushishi mumkin. Bola hayotining birinchi yilida bez parenximasi tuzilishi takomillashsa ham o'smaydi. Keyinchalik, balog'at davrigacha astasekin o'sib 10—14 g, balog'at davrida o'sishi tezlashib, og'irligi 25 g, 20 yoshdan keyin esa 35 g bo'ladi. Bolada qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi natijasida kretinizm xastaligi kuzatiladi. Bunday bolalarning bo'yi sekin o'sadi, jinsiy taraqqiyoti to'xtaydi, ruhiy rivojlanishdan orqada qoladi. Katta yoshdagi odamlaming qalqonsimon bezi faoliyatining pasayishi miksidema kasalligiga olib keladi. Qalqonsimon bez faoliyatining oshib ketishi esa tireotoksikozga olib keladi. Qalqonsimon orqa bezlari (glandula parathyroidea), odatda, to'rtta (ikkita yuqorigi va ikkita pastki) bo'lib, qalqonsimon bez bo'laklari orqa yuzasida joylashgan yumaloq yoki cho'zinchoq tanachalardan iborat. Bu bezlar qalqonsimon bezdan rangi bilan (bolalarda och pushti rang, kattalarda sarg'imtir jigar rang) ajralib turadi. U tashqi tomondan fibroz kapsula bilan o'ralgan bo'lib, undan bez ichiga qatlamlar kiradi. Qalqonsimon orqa bezlari har birining uzunligi 4—8 mm, kengligi 3—4 mm, qalinligi 2—3 mm, umumiy og'irligi 0,13—0,36 g bo'ladi. Qalqonsimon orqa bezlari paratgormon ishlab chiqaradi. Bu gormon suyak to'qimaning parchalanishini va kalsiyning qonga chiqishini ta’minlaydi. Paratgormon ikki qismdan iborat bo'lib: birinchi qismi fosfomi buyrak orqali ajralib chiqishini, ikkinchi qismi kalsiyni to'qimalarda to'planishini boshqaradi. Shuning uchun bu gormon ko'p ishlab chiqarilsa, qonda kalsiy miqdori oshadi. Shu bilan biiga, qonda fosfor miqdori kamayadi. Paratgormon kaltsitonin va vitamin D bilan birgalikda organizmdagi kaltsiy almashinuvini ta’minlaydi. Taraqqiyoti: qalqonsimon orqa bezlari uchinchi (pastki) va to'rtinchi (yuqori) jabra cho'ntaklari epiteliyidan rivojlanadi. Homila taraqqiyotining 7-haftasida epiteliy kurtaklari jabra cho'ntaklaridan ajrab chiqib kaudal tomonga suriladi va o'zining doimiy joyini egallaydi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda bezning uzunligi 3 mm, kengligi 1,5-2 mm, uch yoshda uning uzunligi 3 mm, kengligi 5 mm, balog'at davrida esa 7 mm bo'ladi. Bu davrda bez to'qimalari orasida yog' paydo bo'lishi munosabati bilan uning rangi och pushtidan sarg'imtir rangga o'zgaradi va yuqorigi bezlar pastkisiga nisbatan kattalashadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda qalqonsimon orqa bezlarining umumiy og'irligi 6—9 mg bo'ladi. Emizikli davrda ulaming umumiy og'irligi 3—4 marta ortsa, 5 yoshda unga nisbatan ikki marta, 10 yoshda esa 3 marta kattalashadi va 20 yoshda 120— 140 mg bo'ladi. Hamma yosh davriarida bu bezning og'irligi ayollarda erkaklaiga nisbatan katta bo'ladi. Qalqon orqa bezlarining faoliyati bolada oshib ketsa, giperkalsiyemiya ro'y berib, suyaklanish jarayoni buziladi. Agar bezning faoliyati pasayib ketsa gipokalsiyemiya va giperfosfatemiya ro'y berib, nerv mushak qo'zg'alishi oshib ketadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling