yoshlarda siydik yo'lining tuzilishi kattalamikiga o'xshash bo'ladi.
Qovuq (siydik pufagi)
Qovuq (vesica urinaria) toq a’zo (82-rasm) bo'lib, siydik to'plovchi
rezervuar vazifasini bajaradi. Uning sig'imi o'rtacha 500-700 ml. Qovuqning
qorin oldingi devoriga qaragan yuqori qismi — uchi (apex vesicae) kengayib,
tanasiga (corpus vesicae) o'tadi. Tanasi orqaga va pastga qovuq tubiga (fundus
vesicae) davom etadi. Qovuqning pastki qismi quyg'ichsimon torayib siydik
chiqaruv nayiga o'tadi. Uning bu qismi qovuq bo'yni (cervix vesicae) deyiladi.
Qovuq kichik chanoq bo'shlig'ida qov simfizi orqasida joylashgan bo'lib,oldingi devori undan yog‘ kletchatkasi vositasida
ajrab turadi. To'lgan qovuq simfizning ustiga
ko'tarilib, qorinni oldingi devoriga tegadi.
Qovuqning orqa devori erkaklarda to‘g‘ri
ichakka, urug‘ pufakchalariga, tubi esa prostata
beziga tegib turadi. Ayollarda uning orqa devori
bachadon bo'yniga va qinga, tubi esa siydiktanosil diafragmasiga tegib turadi. Qovuq to'lgan
holatda qorinparda bilan mezoperitoneal, bo‘sh 1 r
holatda ekstraperitoneal o'raladi. Qovuq
devorining qalinligi 12—15 mm, to'lgan vaqtda
1
tortilib yupqalashadi (2—3 mm). Qovuq devori
to‘rt qavatdan iborat:
1. Shilliq qavat (tunica mucosa) ichki
tomondan qoplab pushti rangda, harakatchan,
bo‘sh turgan qovuqda burmalar hosil qiladi.
Qovuq tubidagi qovuq uchburchagi (trigonum vesicae) sohasida shilliq parda
mushak pardaga yopishib tuigani uchun burmalar bo'lmaydi. Uchburchakning
Do'stlaringiz bilan baham: |