Siydik ajratish va tanosil organlarining tuzilishi
1.Buyraklarning tuzilishi va rivojlanishi.
2.Nefron tuzilishi va siydik hosil bo`lishi
3.Siydik yo’llari, qovuq, siydik pufagi, tuzilishi.
4.Erkaklar tanosil a`zolari tuzilishi.
5.Ayollar tanosil a`zolari tuzilishi.
Buyrak
Buyrak (ren, grekcha nephros) siydik ajratib chiqaruvchi juft a’zo. U
loviyasimon shaklga ega bo'lib, katta yoshdagi odamlarda uzunligi 10—12
sm, kengligi 5—6 sm, qalinligi 4 sm, og'irligi 120—200 g bo'ladi. Buyrak
to'q qizil rangli bo'lib, oldingi yuzasi (facies anterior) qavariq, orqa yuzasi
(facies posterior) yassiroq bo'lib, yuqori uchi (extremitas superior), pastki
uchi (extremitas inferior), qavariq lateral qirrasi (margo lateralis), botiq
medial qirrasi (margo medialis) tafovut qilinadi. Medial qirrasining o'rtasida
oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi (hi!us
renalis) joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan
esa siydik yo'li, vena va limfa tomirlari chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga
botib kirgan buyrak bo'shlig'iga (sinus renalis) o'tib ketadi.
Buyrak bel sohasida umurtqa pog'onasining ikki yon tomonida qorin
bo'shlig'ining orqa devorida qorin pardaning orqasida joylashgan. Buyraklaming
yuqori uchlari bir-biriga yaqin joylashsa, pastki uchlari uzoqroq turadi. Chap
buyrak o'ngiga nisbatan yuqoriroq turadi. Chap buyrakning yuqori uchi XI
ko'krak umurtqasining o'rtasida, pastki uchi III bel umurtqasining yuqori chekkasi sohasida turadi. O lng buyrakning yuqori uchi XI ko‘krak
umurtqasining pastki chekkasi sohasida, pastki uchi esa III bel umurtqa
Do'stlaringiz bilan baham: |