1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi
Download 1.58 Mb.
|
2 5321546225856551652
Bosh bronx
Bosh bronxlar (brobchi principales) traxeyadan V ko'krak umurtqasining yuqori chekkasida boshlanib, o'pka darvozasiga tomon yo'naladi. O'ng bosh bronx qisqa va keng, vertikal yo'nalgan bo'lib, traxeyaning bevosita davomidir. Uning uzunligi 3 sm bo'lib, 6—8 yarimhalqasimon tog'aydan tuzilgan. Chap bosh bronx ingichka va uzunligi 4—5 sm bo'lib, 9—12 yarimhalqasimontog'aydan iborat. Bosh bronxlaming orqasida parda devori bo'lib, ich tomondan shilliq, tashqarisidan adventitsial parda bilan qoplangan. Yangi tug'ilgan chaqaloqda o'ng bosh bronx 26°, chap bosh bronx esa 49° burchak hosil qilib chiqadi. O'ng bosh bronxning uzunligi o'rta hisobda 1,17 sm, chapiniki 1,2 sm. Bosh bronxlar bola hayotining birinchi yilida va balog'at davrida tez o’sib, ulaming uzunligi 2 marta oshadi. 20 yoshda ular 3,5—4 marta kattalashadi. O'pka darvozasida o'ng bosh bronx uchta, chapi esa ikki bo'lak bronxga bo'linadi. O'ng o'pkaning yuqori bo'lak bronxi arteriyaning ustida yotadi va epiarterial bronx deb ataladi. Uning boshqa bo'lak bronxlari va chap o'pka bo'lak bronxlari arteriyaning ostida yotadi. Bo'lak bronxlari (bronchi lobares) o'pka darvozasiga kirib, o'z navbatida, segmentar bronxlarga (bronchi segmentates) bo'linadi. O'ng yuqori bo'lak bronxi (bronchus lobaris superior dexter) cho'qqi, orqa va oldingi segmentar bronxlarga, o'ng o'rta bo'lak bronxi (bronchus lobaris medius dexter) lateral va medial segmentar bronxlaiga bo'linadi. O'ng pastki bo'lak bronxi (bronchus lobaris inferior dexter) cho'qqi, medial bazal, oldingi bazal, lateral bazal va orqa bazal segmentar broxlaiga bo'linadi. Chap yuqori bo'lak bronxi (bronchus lobaris superior sinister) orqa-cho'qqi, oldingi, yuqorigi tilcha va pastki tilcha segmentar bronxlarga, chap pastki bo'lak bronxi (bronchus lobaris inferior sinister) cho'qqi, medial bazal, oldingi bazal, lateral bazal va orqa bazal segmentar bronxlarga bo'linadi. Segmentar bronxlar (bronchus segmentales) o'z navbatida 9—10 martagacha dixotomik bo'linadi va diametri 1 mm bo'lgan bo'lakcha bronxi (bronchus lobularis) hosil bo'ladi. Bu bronx bo'lakcha ichida 18—20 oxiigi bronxiolalarga (bronchioli tenninalis) bo'linadi. Ulaming miqdori ikkala o'pkada 20.000 ga yaqin bo'lib, devorida tog'ay bo'lmaydi. Har bir oxirgi bronxiola dixotomik bo'linib, nafas bronxiolasini (bronchioli respiratorii) hosil qiladi. Ulardan alveola naylari (ductuli alveolaris) chiqib, alveola qopchalari (sacculi alveolares) bo'lib tugaydi. Alveola qopchalari o'pka alveolalaridan (alveoli pulmonis) iborat. Turli o'lchamdagi bronxlar havo o'tkazuvchi bronx daraxtini (arbor bronchiais) hosil qiladi. Nafas bronxiolasi alveola naylari, alveola qopchalari va alveolalar alveola daraxtini yoki atsinusni (76-rasm) hosil qiladi. O'pka bilan qon o'rtasida gaz almashinuvi ro'y beradigan atsinus o'pkaning vazifaviytarkibiy birligi hisoblanadi. Bitta o'pkada 15000 atsinus bo'lib, alveolalar soni 300— 500 mln ga yetadi. 76-rasm . Atsinus chizm asi. R entgenoan atom iyasi. B ronxlarni l-broncWoia terminate; 2-bronchio'rganish uchun ulami kateter orqali kontrast f m odda—yodlipol bilan to latiladi. Unda bronxlaming bo'lak, segmentar va undan mayda shoxlaiga bo'linishini kuzatish mumkin. O'ng bosh bronx kekirdakning bevosita davomi bo'lib, qisqa (uzunligi 2—2,5), ammo keng.U 20-25° burchak hosil qilib boshlanadi. Chap bosh bronx-ning uzunligi 4—5 sm bo'lib, kekirdakdan 20—54° burchak hosil qilib boshlanadi. Bronx daraxti yangi tug'ilgan chaqaloqda hosil bo'lgan bo'lib, bola hayotining birinchi yilida bo'lak bronxlari 2 marta kattalashadi.Yangi tug'ilgan va emizikli bolalarda bronx daraxtining segmentar va subsegmentar bronxlarga blinishi va ynalishi kattalamikiga o'xshaydi. Bola hayotining dastlabki oylarida, ayniqsa, 3-4 yoshlarda tog'ayli bronxlar devori shilliq pardasida elastik tolalar va shilliq bezlar, qon hamda limfa tomirlari, nervlar ko'payadi. Balog'at davrida bronx daraxtining o'sishi tezlashib, ular 3,5-4 marta kattalashadi. O'smirlik davrida bronxlaming uzayishi bilan ular devoridagi tog'ay yupqalashadi, mushak va elastik to'qima ko'payadi, tashqi adventitsial qavati qalinlashadi.
O'pka (pulmo) noto'g'ri (77-rasm) konus shaklida bo'lib, o'ng va chap o'pka ko'krak bo'shlig'ining o'ng va chap yarmida joylashib, plevra bilan o'ralgan. Ular o'zaro ko'ks oralig'ida joylashgan a’zolar bilan ajralgan. O'pka past tomondan diafragmaga, old, yon va orqa tomondan ko'krak qafasi devoriga tegib turadi. Diafragmaning o'ng gumbazi yuqoriroq turgani uchun o'ng o'pka chapiga nisbatan qisqa va keng, yurak ko'krak bo'shlig'ining chap tomonida turgani uchun, chap o'pka qisqa va uzun bo'ladi. O'pkaning pastki diafragma yuzasi (facies diaphragm atica) diafragm a gumbaziga mos bo'lib, botiq, o'pkaning cho'qqisi (apex pulmones) yumaloq bo'ladi. O'pkaning qovuig'a yuzasi (facies costalis) qovuralarga mos ravishda qavariq bo'lsa, medial yuzasi (facies medialis) orqa umurtqa qismi (pars vertebralis) va oldingi ko'ks oralig'i qismlaridan (pars mediastinalis) iborat bo'lib, biroz botiqroq. O'pka yuzalari qirralar bilan ajralib turadi. Uning oldingi qirrasi (margo anterior) qovuig'a yuzasini medial yuzasidan ajratsa, pastki qirrasi (margo inferior) qovurg'a va medial yuzalarini diafragma yuzasidan ajratadi. Qovurg'a yuzasi orqa tomonda o'tmas orqa qirra hosil qilib, medial yuzasiga o'tib ketadi. Chap o'pkaning oldingi qirrasida yurak o'ymasi (incisura cardiaca) bo'lib, uni past tomondan chap o'pka tilchasi (lingula pulmonis sinistri) chegaralab turadi. Har bir o'pka uning ichiga chuqur botib kirgan yoriqlar vositasida bo'laklarga bo'linadi. O'ng o'pka ikkita: gorizontal yoriq (fissura horizontalis) va qiyshiq yoriq (fissura obliqua) vositasida uchta: yuqori, o'rta va pastki bo'laklarga (lobus superior, media et inferior) bo'linadi. Chap o'pka esa bitta qiyshiq yoriq (fissura obliqua) vositasida ikki: yuqori va pastki bo'laklarga (lobus superior et inferior) bo'linadi. Har bir o'pkaning medial yuzasida o'pka darvozasi (bilus pulmonis) bor. Undan o'pkaga bosh bronx, o'pka arteriyasi, nervlar kiradi va o'pka venasi, limfa tomirlari chiqadi. Bulaming hammasi o'pka ildizini (radix pulmonis) hosil qiladi. O'ng o'pka darvozasi chapiga nisbatan qisqa va keng. Unda bosh bronx boshqa hosilalaiga nisbatan yuqori joylashadi. Uning ostida o'pka arteriyasi va undan pastroqda o'pka venasi yotadi. Chap o'pkada o'pka arteriyasi eng yuqorida, undan pastroqda bosh bronx va uning ostida o'pka venasi yotadi. O'pka cho'qqisi old tomonda o'mrov suyagidan 2 sm, I qovurg'adan 3— 4 sm yuqorida turadi. Orqada esa VII bo'yin umurtqasining qirrali o'simtasi sohasida turadi. O'ng o'pkaning oldingi chegarasi VI qovuig'a tog'ayi sohasida pastki chegaraga o'tib ketadi. Uning pastki chegarasi o'rta o'mrov chizig'ida VI qovuig'a, oldingi qo'ltiq osti chizig'ida VII qovurg'a, o'rta qo'ltiq osti chizig'ida VIII qovuig'a, orqa qo'ltiq osti chizig'ida IX qovuig'a, kurak chizig'ida X qovuig'a va umurtqa yoni chizig'ida XI qovurg'a sohasida joylashgan. Chap o'pkaning oldingi chegarasi IV qovurg'a tog'ayi sohasida chapga burilib, IV qovuig'a tog'ayining pastki chekkasi bo'ylab to'sh yoni chizig'igacha boradi. Undan pastga qayrilib, V qovuig'a tog'ayini kesib o'tadi. VI qovuig'a tog'ayiga yetganida chap o'pkaning oldingi chegarasi pastki chegarasiga o'tib ketadi. Chap o'pkaning pastki chegarasi o'ng o'pkanikidan biroz pastroq o'tadi. O'ng o'pka chapiga nisbatan keng va qisqa bo'lgani uchun ulaming oldingi va pastki chegaralari bir-biridan farq qiladi. O'pka rentgenogrammada ko'krak qafasi fonida yorishish maydoni ko'rinishida bo'lib, bir-biridan umurtqa pog'onasi, to'sh suyagi, yurak va yirik qon tomirlaming quyuq soyasi bilan ajrab turadi. Bu soya o'pka maydonining medial chegarasini hosil qiladi. O'pka to'qimasi havo bilan to'lgan ko'p sonli alveola pufakchalaridan iborat. Rentgen nurlari o'pka to'qimasidan oson o'tib, o'pka maydonining yorqin tasvirini beradi. Bu forming tarkibi o'ziga xos. Unda o'pka to'qimasini hosil qiluvchi ayrim uzunlikdagi tizim-chalar kabi radial yo'nalgan qon va limfa tomirlar soyasidan tashkil topadi. O'pka qon tomirlarining shoxlanishi quyuq soya beruvchi yirik o'pka arteriyasi va venasi joylashgan o'pka ildizidan boshlanadi. Qon tomirlar diametri sekin-asta ko'krak qafasining lateral chekkasiga qarab kamayib boradi va bu yerda o'pka rasmi ingichka va nozik bo‘ladi. Medial tomonda tizimcha shaklidagi soyalardan tashqari limfa tugunlarining yumaloq zich hosilalar ko‘rinishdagi soyasi ham ko'rinadi. O'ng tomonda ildiz soyasi katta, chunki chap tomonda u yurak bilan yopilgan bo'ladi. Yon proyeksiyada o'ng va chap o'pkalar bir-biriga qavatlanadi va oldindan to'sh suyagi, orqadan umurtqa pog'onasi bilan chegaralangan yagona yorug' maydonini hosil qiladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq o'pkasi ko'krak qafasiga nisbatan katta. U noto'g'ri shaklga ega bo'lib, yuqori bo'laklari kichik, pastkisi esa katta bo'ladi. O'ng o'pkaning yuqori va o'rta bo'laklari bir xil. O'pkaning tashqi yuzasi silliq. Ikkala o'pkaning o'rtacha og'irligi 57 g, hajmi 67 sm3, nafas olish yuzasi 6 m2. Yangi tug'ilgan chaqaloq o'pkasining uchi birinchi qovurg'a sohasida turadi. O'ng va chap o'pkaning pastki chegarasi esa kattalamikiga nisbatan bitta qovurg'a yuqori turadi. Bu davrda o'pka parenximasi yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Bo'laklarda mushakli bronxiolalar bo'lmaydi. Atsinuslar yaxshi takomillashmagan bo'lib, ular tarkibiga 1-3 tartibdagi nafas bronxiolalari kiradi. O'pka atsinuslari esa uncha ko'p bo'lmagan (24 mln) o'pka alveolalaridan iborat. Bola tug'ilgan vaqtdan to 7—8 yoshgacha o'pkada ikki xil: bronx daraxtining takomillashuvi va alveolalar sonining ko'payish jarayoni ketadi. Bola hayotining birinchi yilida hamda undan keyin atsinus yangi alveola yo'llari va bor yo'llaming devorida yangi o'pka alveolalari hosil bo'lishi hisobiga o'sadi. Yangi alveola yo'llari hosil bo'lishi 7—9 yoshlarda, o'pka alveolalari esa 12—15 yoshlarda tugallanadi. Alveolalaming o'lchami bola tug'ilganidan 7 yoshgacha bir xil, 12 yoshda ulaming o'lchamlari yangi tug'ilgan chaqaloqlarga nisbatan 2 marta, kattalarda esa 3 marta kattalashadi. Bola tug'ilgan vaqtdan 4 oylik bo'lgunicha o'pka alveolalarining soni 4 marta, uch yoshda 12 marta, 11 yoshda esa 20 marta ko'payadi. O'pka parenximasining tuzilishi 15-25 yoshlarda tugallanadi. O'pka cho'qqisi yangi tug'ilgan chaqaloqda I qovurg'a sohasida bo'lsa, 20-25 yoshlarda undan 3—4 sm yuqori turadi. Uning pastki chegarasi ham asta-sekin pastga tushadi. 9-Bilet. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling